AMALIY MASHGULOT
3.MAVZU .
IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR
.
ISHSIZLIK
Iqtisodiy davr milliy xo‘jaliklar notekis rivojlanishi va
umuman iqtisodiy jarayonni
ifoda etuvchi iqtisodiy faollikni qator bir-biri bilan ketma-ket almashadigan
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Oxir oqibatda davriylik orqali iqtisodiy o‘sish
namoyon bo‘ladi, yoki harakat doiraviy emas, vaziyatning uzoq muddatli kabi,
o‘rta muddatli
tebranishlarini aks ettirib
, spiral bo‘yicha bo‘ladi. Davriylik –
tizimning davrlar yordamida o‘z harakatini amalga oshirish xususiyati. Davriylik
muvozanatli kabi muvozanat bo‘lmagan tizimlarga ham xos, bunda
faqat shakl
jihatdan farq qiladi – doiraga yaqin shakldagi, to‘lqin
shaklidagi
, spiral shaklidagi
yoki zina shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Iqtisodiy davrning harakatida
ketma-
ket bo‘ladigan to‘rtta bosqich kuzatiladi:
1.
Inqiroz
– bu ishlab chiqarishni pasayishi va to‘xtab qolishini yuzaga keltiruvchi
iqtisodiyotdagi muvozanatning buzilishi. Bozor iqtisodiyoti uchun ortiqcha ishlab
chiqarishning inqirozi xos bo‘lib, uning oqibatida narxning qat’iy tushishi yuz
beradi (1929-1933 yillar AQShda narxlar 54 foizga pasaydi. Keyin
ishlab chiqarish
hajmi pasayadi, bu ishsizlikni o‘sishiga, demak, aholi daromadlari pasayishiga, o‘z
navbatida to‘lov qobiliyatli talabni qisqarishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish
va bandlik darajalari kamayadi
, ammo narxning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu
bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga
tushadi
va tanazzul davri boshlanadi.
2.
Tanazzul
– tovarlar ortiqchaligi muayyan vaqt davomida asta-sekin
sarflanadigan davr (bir
qismi past narxlarda, bir qismi buziladi). Tovarlarni sotish
qayta tiklanadi, narxlarni pasayishi to‘xtaydi. Ishlab chiqarish hajmi bir
muncha
ko‘payadi, biroq savdo sust bo‘ladi. Shuning uchun kapital sanoat va savdoda o‘z
qo‘llanilishini
topmaydi
, bankda saqlanadi va pul taklifini ko‘paytiradi hamda
ssuda foizini me’yorini pasaytiradi.
3.