Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “O'simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti “O'simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari



Yüklə 8,38 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü8,38 Kb.
#156413
NARGZA tavsiyanoma


Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “O'simliklar
himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti “O'simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari karantini” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 62-guruh talabasi Abduqodirova Nargiza G’ulomjon qiziga “Yil talabasi” tanlovida ishtirok etishi uchun “O’simliklar karantini va himoyasi” kafedrasi mudiri M.K.Raxmonovaning


T A V S I Y A N O M A S I

Abduqodirova Nargiza G’ulomjon qizi 2002-yil 13-fevral kuni Farg’ona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topgan. Abduqodirova Nargiza G’ulomjon qizi 2009-2020 yillarda Beshariq tumani 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlagan.


2021 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “O'simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari karantini” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.
Fakultetimiz jamoasi Abduqodirova Nargiza G’ulomjon qizi
2021 - yildan buyon iqtidorli talaba sifatida yaxshi biladi. U o‘qishi davomida na’munali xulqi va fanlarni yaxshi baholarga o‘zlashtirib borishi bilan tengdoshlari orasida munosib hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. Uning zukkoligi, rostgo‘yligi va qo‘lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaslik fazilatlarini ibrat qilib ko‘rsatish mumkin.
Abduqodirova Nargiza G’ulomjon qizi bugungi kunda nafaqat oliygohimizda balki viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘zining tashabbuskorligi, har ishga mas’uliyat bilan yondashishi uni tengdoshlari orasida lider ekanini ko’rsatib turadi. Ilmiy anjumanlarda o‘zining ilmiy ishlanmalari va maqolalari bilan muntazam qatnashib borishi yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni yoshlar orasida targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shayotganining yaqqol dalilidir.

Abduqodirova Nargiza G’ulomjon qizi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”ning faol a’zosi sifatida respublika va viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etib keladi.


Men Abduqodirova Nargiza G’ulomjon qizi o‘zi tanlagan sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga va Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini yanada rivojlantirishiga o‘zining munosib xissasini qo‘shishiga ishonaman hamda “Yil talabasi” tanlovida ishtirok etishiga munosib nomzod deb hisoblayman.
O’simliklar karantini va himoyasi”
Kafedra mudiri M.K.Raxmonova
Yüklə 8,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə