Annotatsiya Dastur 5A111201 – o‘zbek tili va adabyoti magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5111200 – o‘zbek tili va adabyoti ta’lim yo‘nalishining 2017-2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida



Yüklə 66,63 Kb.
səhifə1/21
tarix29.11.2023
ölçüsü66,63 Kb.
#143304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
‘Тастыйы3лайман’-fayllar.org


‘Тастыйы3лайман’





2
Annotatsiya


Dastur 5A111201 – o‘zbek tili va adabyoti magistratura mutaxassisligiga
kiruvchilar uchun 5111200 – o‘zbek tili va adabyoti ta’lim yo‘nalishining 2017-2018
o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:

Bo‘ronova Sh.M. – Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent.


Matyakupov S.G. – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent.
Taqrizchi: 
Xudayarova M. - Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi dotsenti, F.f.n.
Dastur Turkiy tillar fakultetining 2021-yil 28-iyundagi 11-sonli Kengashida
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.



3
KIRISH 


O‘zbek tili va adabiyoti qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, uning shakllanishida
qadim turkiy, mumtoz adabiyotimizning Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi namoyandalarining xizmati va
qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etish joiz. O‘zbek adabiy tili,
ayniqsa, XIV-XV asrlarda – Amir Temur va temuriylar davrida rivojlanishning
yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy
umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan
ona tilimizda bitib, uning shuhratini butun olamga yoydi. Ana shu bebaho meros
asosida ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, zamon talablariga javob bera
oladigan malakali milliy kadrlar tayyorlash islohotlarning mohiyatini tashkil etadi.
O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassislari zimmasiga esa milliy tilimiz va
adabiyotimizni yanada rivojlantirish, ona tilimizning jamiyat hayotida tutgan
mavqeyini yuksaltirish, uning tarixiy taraqqiyoti, bugungi holati, istiqboli bilan
bog‘liq masalalarni ilmiy asosda chuqur o‘rganish kabi qator vazifalar yuklatiladi.
Ayniqsa, ona tili va adabiyotini jahon andozalariga mos keluvchi zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida chuqur o‘rgatish, o‘zbek tili va adabiyotining asl
tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv
grammatikalarini yaratish masalasida soha uchun nazariy va amaliy ko‘nikmaga ega
bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash dolzarblik kasb qiladi.
ASOSIY QISM 
Til va adabiyot xazinasi, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi o‘zbek tilining strukturaviy
va sistemaviy xususiyatlari, tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, fonetik va fonologik,
grafik va orfografik tizimlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at boyligi, morfologik va
sintaktik qurilishlari, ularning tadrijiy rivoji bo‘yicha nazariy bilimlar va ularni tadqiq
qilish usullari.



Yüklə 66,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə