Annotatsiya:
Dastur
5A410301
-
O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha),
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5410300 – O‘simliklar himoyasi va karantini
ta’lim yo‘nalishining 2017 yilda tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar
asosida tuzildi.
TUZUVCHILAR:
Xashimov F.X.
-
SamDU, Agrokimyo va o‘simliklarni
himoya
qilish
kafedrasi
mudiri,
qishloq
xo‘jaligi
fanlari doktori,
professor
Umurzoqov E.
SamDU, Agrokimyo va o‘simliklarni
himoya qilish kafedrasi professori,
qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Axmedov S.I
-
SamDU, Agrokimyo va o‘simliklarni
himoya
qilish
kafedrasi
katta
o‘qituvchisi
Dastur Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining 2021
yil 28 iyundagi № 14 sonli kengash yig‘ilishida, Universitet kengashining 2021 yil
30 iyundagi 11-son yig‘ilishida muhokama etilgan va tavsiya etilgan.
KIRISH
5410300 – O‘simliklar himoyasi va karantini bakalavriat ta’lim yo‘nalishi –
qishloq xo‘jaligi ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun
birinchi navbatda zararli organizmlarning tur tarkibini to‘g‘ri
aniqlash, ularning
biologiyasi va ekologik faktorlarga talablari,
rivojlanishi, tarqalishi, bir
mavsumdan ikkinchisigacha qanday saqlanishi haqidagi va boshqa ma’lumotlarga
ega bo‘lish va shular asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilishning samarali
usullarini bilish va ularni to‘g‘ri muddatlarda qo‘llash lozim bo‘ladi. Buning uchun
shu sohaga tegishli fanlarni, jumladan yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni
chuqur
o‘zlashtirgan, ekinlarda uchraydigan zararkunanda va kasalliklarning tur tarkibi va
karantin zararli organizmlarni to‘g‘ri aniqlay oladigan, samarali kurash choralarini
aniq biladigan va ularni o‘z vaqtida qo‘llashni tashkil qila oladigan malakali
mutaxassislar tayѐrlash ta’lim tizimining negizi hisoblanadi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - qishloq xo‘jalik
ekinlariga zarar yetkazuvchi zararkunanda va kasalliklarning miqdori,
zararli
turlari, zarar yetkazishi, biologik,
ekologik xususiyatlarini, o‘simliklarni
zararkunanda va kasalliklariga aniq tashhis qo‘yish, ularni hisobga olish usullarini
o‘rganish va zararli organizmlarni kelib chiqish sabablarini aniqlash,
qo‘zg‘atuvchilarni turlar tarkibini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar,
amaliy
ko‘nikmalar, o‘simliklar ximoyasi va entomologik jaraѐnlarga uslubiy ѐndashuv
xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Bunda, ilg‘or
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma
xosil qilishdan iboratdir.
5A410301 - O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha) mutaxassisligiga
kiruvchilar uchun 5410300 – O‘simliklar himoyasi va karantini ta’lim
yo‘nalishining magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun ta’lim
yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 5 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Qishloq xo‘jalik
entomologiyasi”, “Qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi”, “O‘simliklarni zararkunanda
organizmlardan uyg‘unlashgan himoya qilish”, “Karantin zararkunandalari va
kasalliklari”, “O‘simliklar immuniteti” savollar bazasi shakllantirilgan.
Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar
quyida batafsil
keltirilgan.