Arxeologiya faning maqsad va vazifalari



Yüklə 19,59 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü19,59 Kb.
#138228
  1   2
ARXEOLOGIYA FANING MAQSAD VA VAZIFALARI


ARXEOLOGIYA FANING MAQSAD VA VAZIFALARI


Reja:

  1. Arxeologiya fanining vazifalari.

  2. Arxeologik tadqiqot turlari va usullari.

  3. Antropogen haqida umumiy tushuncha

Kishilik jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’z navbatida o’tmishni o’rganish har bir davrning dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelgan. Arxeologiya fani ham tarixning tarkibiy qismi bo’lib, ijtimoiy fanlar orasida alohida o’rin tutadi.


Arxeologiya – ijtimoiy fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Biroq uning ildizlari juda uzoq, ilk insoniyatning vujudga kelish davriga borib taqaladi. «Arxeologiya» terminining o’zi ikkita yunon so’zidan iborat bo’lib, «arxayos» - qadimgi va «logos» - fan-bilim ma’nosini anglatadi. Dastlab bu terminni mil.avv IV-asrda Aflotun o’zining «Gippiy» diologida, qadim zamon haqidagi fanni nazarda tutib juda keng ma’noda ishlatgan. Shu tariqa bu so’z qadimgi Gretsiyada qo’llanilgan va o’tmish masalalari muxokamasi ma’nosini anglatgan. Vaqt o’tgach uning ma’no doirasi ancha o’zgarib, kengayib borgan va tarix fanining muxim tarmoqlaridan biriga aylangan.
Ma’lumki tarix fani ikki xil manbalarga tayanib ish ko’radi – yozma va moddiy. Tarixning eng qadimgi davrga oid yozma manbalarning yo’qligi arxeologiyaning fan sifatida alohida ajralib chiqishiga sabab bo’lgan. Moddiy madaniyat manbalari yozma manbalardan ko’p marta qadimiyroq. Kishilar yozuvni 5000-6000 yillar oldin o’rgangan bo’lsa, tosh va boshqa ashyolardan qurol yasash bundan oldingi 2,5-3 mln yillarga borib taqaladi. Demak, kishilik jamiyati tarixining juda katta davri arxeologik manbalarga tayangan holda qayta tiklab talqin qilinadi. Arxeologiya o’tmishni yozma manbalar moddiy manbalardan ko’proq ma’lumot berishga qodir bo’lgan davrgacha o’rganadi. Arxeologiyaning o’rganish ob’yekti xronologiyasi XV–XVII asrlardan yuqoriga ko’tarilmaydi. Ammo ba’zan arxeologiya hatto XX asrga oid yangi ma’lumot berishi mumkin.
Arxeologiya-tarixiy, moddiy manbalar asosida insoniyatning o’tmishini o’rgatuvchi fan hisoblanadi. M.Ye.Masson unga quyidagicha ta’rif bergan: arxeologiya tarixning bir sohasi bo’lib, kishilik jamiyati o’tmishi va faoliyatini xilma-xil izlarga, aksariyat hollarda moddiy yodgorliklariga, yozma manbalarga, til, etnografiya, geologiya, zoologiya, antropologiya va boshqa fanlarning yutuqlariga tayanib, o’rganuvchi fandir.Tarix va arxeologiya bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bir birini to’ldiradi. Ular aslida bitta fanning 2 sohasidir. Tarixning asosiy manbai-yozuv va uning manbalari bo’lsa, arxeologiyaning manbalari unga nisbatan qadimiydir. Uning ilk davri 2.5-3 million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat deb faraz qilsak, uning 23 soat-u 56 minuti yozma manbalarsiz davrga, 4 minuti yozma tarixga to’g’ri keladi. Demak kishilik jamiyatining juda katta davrini o’rganish arxeologik manbalarga tayanib olib boriladi.
Hozirgi zamon arxeologiya fanining vazifasi kishilik jamiyati o’tmishi va faoliyatini moddiy manbalarga, imkoniyat bo’lgan hollarda esa yozma manbalarga, til, etnografiya, geologiya, tuproqshunoslik, antropologiya, zoologiya, botanika va boshqa fanlar yutuqlariga tayangan holda o’rganishdir.
Arxeologiya ibtidoiy davr odamlari ishlatgan tosh qurollar, qazilma hayvon suyaklari, ilk sopol buyumlar, taqinchoqlar, qurol-yarog’lar, tanga pullar, qadimiy arxitektura inshootlari, haykallar, yozuvlar, suratlar va inson mehnati bilan yaratilgan barcha ashyolarni o’rganadi. Aroxeologiya bu manbalar asosida tarixiy jarayonni tiklaydi. Bu manbalarning ko’pchiligini yerdan qazib olinishini nazarda tutgan holda, arxeologiyani belkurak bilan qurollangan fan deb atashadi. Qadimgi buyumlarni o’rganish arxeologiyaning birdan – bir maqsadi emas. Topilmalar tarixiy tadqiqotlar uchun faqat material sifatida ilmiy qimmatga ega bo’ladi, xolos. Arxeologlar qazib olingan buyumlarni ta’riflash, ularning yoshini, qaysi davrga mansubligini va shu kabilarni aniqlash bilangina cheklanib qolmaydilar. Arxeologiyaning asosiy maqsadi aniqlangan manbalar vositasida o’tmish tarixining barcha qirralarini tiklashdan iborat.
O’tmish davrni tiklashda arxeologiya fani tarkibida numizmatika, epigrafika, sfragistika fan tarmoqlari rivoj topdi va etnografiya, antronologiya, geologiya, paleobotanika, paleozoologiya fanlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Arxeologiya jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti o’zgarishini ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari asosida emas, aksincha ishlab chiqarish usullari va qurollarini o’zgarishi asosida baholashga harakat qiladi. Hozirgi kunda arxeologik tadqiqotlar yer sharining barcha hududida davom ettirilmoqda. Jumladan O’zbekistonda ham so’nggi yillarda arxeologiya fani sohasida ko’pgina yutuqlar qo’lga kiritilmoqda. Arxeologiya fani oldida bugungi kunda ba’zi muammolar ham ko’ndalang turibdi. Rivojlanish jadal sur’atlarda borayotgan bugungi kunda ko’pgina arxeologik yodgorliklar buzilib ketmoqda. Arxeologlar oldidagi vazifa insonlar yoki tabiat kuchlari faoliyati natijasida yo’q bo’lib ketish xavfi ostida turgan yodgorliklarni birinchi bo’lib o’rganishdir.
Arxeologiya insoniyatning o’tmish tarixini o’rganishda arxeologik ekspeditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga suyanib ish ko’radi. Arxeolgik ekspeditsiyalar deyilganda viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqa joylarda moddiy madaniyat yodgorliklarini dala – tadqiqot yo’li bilan o’rganish usuli tushuniladi. Arxeologik ekspeditsiyalar va otryadlarning ish uslubi uch pog’onali bo’lib, arxeologik qidiruv, sinov va qazish ishlarini amalga oshirishdan iborat. Uning vazifasi yodgorlikning paydo bo’lish davri, qancha yashagani va boshqa xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Keyingi bir asr davomida jahon arxeologiyasi juda katta yutuqlarni qo’lga kiritgan bo’lsa, O’zbekiston arxeologiyasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, katta yutuqlarga erisha boshladi.
O’zbekiston tarixining arxeologik jixatdan o’rganilishini 3 davrga bo’lish mumkin: 1.Rossiya mustamlakasi davri. 2. Sovetlar xukmronligi davri. 3. O’zbekiston mustaqilligi davri.
Rossiya mustamlasi davri 3 bosqichga bo’linadi.
1- bosqich XIX asrning birinchi yarmi xisoblanadi. Bu davrda Rossiya O’zbekistonning sharoitlarini o’rganish uchun turli ekspeditsiyalar uyushtiradi. 1819 yilda kapitan N.N.Muravьyev boshchiligida dastlabki arxeologik ekspediya yuboriladi. U harbiy xarakterdagi ekspediya bo’lsada, Xiva xonligidagi turli arxeologik yodgorliklarni ruyxatga olib, muxim ma’lumotlar to’plagan. Bu to’plagan ma’lumotlar fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan va undan dastlab O’zbekiston xududida ibtidoyi odamlar yashaganliklari haqida fikr bildirilgan.
Birinchi bosqichda O’zbekistonda arxeologlar bo’lmaganligi sababli ham turli kasbdagi kishilar tomonidan moddiy manbalar to’planib, muzeylarga topshirilgan. Ular hozirda ham saqlanmoqda.
2- bosqich XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. O’rta Osiyo Rossiya vassa-liga aylangach, bu yerdagi moddiy yodgorliklarni o’rganish boshlandi. V.V. Bartolьd, V.A. Jukovskiy, N.I.Veselovskiy kabi sharqshunos olimlarning hamda A.L.Kun, P.I.Lerx, V.L.Vyatkin, I.T.Poslovskiy, N.P.Ostroumov va boshqa havaskorlarning O’rta Osiyo arxeologiyasi va tarixini o’rganishdagi xizmati katta bo’ldi. 1870 yilda Toshkentdagi eski qal’a yaqinida topilgan. Afrosiyob xarobasi orqali yo’l qurilishida chaqmoqtosh nukleusi (tosh o’zagi), tosh qirgich topilgan. 1896 yilda Toshkent atrofidan topilgan tosh bolg’aga o’xshash topilmalar Orenburg, Issiqko’l xududlaridan ham topiladi. Bu topilmalar o’sha davr uchun katta ahamiyatga ega edi.
3-bosqich Turkiston xavaskor-arxeologlar to’garagining tuzilishi bilan bog’liq. U bevosita V.V. Bartolьdning rahbarligida 1895 yilda tuzilib, ustavi tasdiqlandi. U 1917 yilgacha faoliyat ko’rsatdi. To’garakda turli kasb egalari a’zolari bo’lib, o’lkadagi arxeologik yodgorliklarni o’rganish ishiga jiddiy e’tibor berib, bu sohadagi dastlabki yutuqlarni qo’lga kiritdilar. U dastlab Ashxobodda tashkil qilindi, keyinchalik Samarqandda tuzilgan. 1896 yilda Toshkentda to’garak muzeyi tashkil qilingan.Uning raxbari N.P.Ostroumov bo’lgan. To’garakda mahalliy havaskorlardan Akrom Asqarov, Mirza Buxarin, Mirza Abdulin, Gafiz, I.Mirmuxamedovlar faol ishtirok qilganlar. To’garak a’zolari turli hududlardan birmuncha material to’plashga muvoffaq bo’lganlar. Lekin o’sha davrdagi mavjud ilmiy to’garaklar arxeologiyani fan darajasiga qo’tara olmadi.


Yüklə 19,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə