Ashurova shaxloning



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.05.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#112929
  1   2   3   4
ASHUROVA SHAXLO



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLGI 
FARG„ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO„LIMI 
22.27-guruh talabasi 
ASHUROVA SHAXLONING 
Axborot texnologiyalari fanidan 
“Tarmoqlar. Web-sahifa yaratish texnologiyalari” mavzusida 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
Qabul qildi: __________________________ 
 
 
 
 
 
FARG„ONA -2023 


Reja: 
1. Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari.
2. Interfaol Web sahifalarni yaratish texnologiyalari. 
3. IP va URL adreslar tushunchasi
 
 


1. Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari. 
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global 
kompyuter tarmogidir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U 
mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib, 
o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi.
Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro 
ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali 
internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi 
mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib 
chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan 
suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini 
amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq 
mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin. 
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu 
kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni 
yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi 
navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish 
imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan 
esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini 
tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, 
marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan 
biriga aylanib bormoqda. 
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, 
aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), 
hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu 
texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi 


mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet 
tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi.
Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan 
xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona 
tilda) muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish 
darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda 
informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi 
programmalar majmuidan iboratdir. 
Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan 
turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi 
axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u 
butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda 
o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi 
ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi 
mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan 
"giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish 
mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar 
majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi.

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə