Assesment metodi



Yüklə 27,55 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü27,55 Kb.
#131590
Assesment metodi


ASSESMENT METODI.
Assessment so’zi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, baho, baholash degan ma’nolarni bildiradi. Ushbu metod talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini darajasini har tomonlama xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to’plami bo’lib, u biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, individual topshiriq, bahs-munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individual keys, taqdimot, ekspert kuzatishi, rolli hamda ishbilarmonlik o’yinlari kabilardan tashklil topadi.

6X6X6 METODI
Ushbu metod orqali bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, guruhlarning har bir azosi imkoniyatlarini aniqlash, o’rganish mumkin bo’ladi. 6x6x6 metodi orqali 6 tadan 6 ta guruh bo’lgan o’quvchilar bitta masala yuzasidan muhokama qiladilar. Muhokama tugagandan so’ng o’qituvchi guruhlarni qayta tuzadi. Va ular har bir o’quvchi yangi guruh a’zosi bo’lgandan so’ng ular oldingi guruhlaridagi javobni hozirgi Yngi guruhlariga muammoni yechimini taqdim etadilar. Muammoning yechimi sifatida taqdim etiladi va mazkur yechim birgalikda muhokama qilinadi.
FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASAHTIRISH METODI
Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari shu fikrni asoslovchi misollar keltirish, va uni mustahkamlash xulosalar chiqarishni o’rgatish va mashq qilish metodi hisoblanadi.
F – fikringizni bayon qiling
S – sabalarini aniqlang
M – sabalarni izohlovchi misollar keltiring
U – fikrni umumlashtirish

ESSE METODI
Esse fransuz tilidan olingan bo’lib tajriba andoza degan ma’nolarni bildiradi. Esse taklif etilgan mavzu yuzasidan talabalar 1000 dan 5000 tagacha so’z hajmida insho yozishlari kerak bo’ladi. Bunda talabalarning fikrlashi, dunyoqarashi kabilar aniqlanadi.

YELPIG’ICH (VEER) METODI
Ushbu metod asosan kichik guruhlarida, semenar va amaliy mashg’ulotlarda hatto ma’ruza mashg’ulotlarda foydalansa ham bo’ladi. Ushbu metodda ma’lum mavzu yuzasidan yelg’ich shakliga o’xshash sxema ichiga talabalar o’zlari bilgan ma’lumotlarni kiritadilar. Bunda ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lish hamda talabalarni barchalarini mashg’ulotda faol ishlashlariga undaydi.
Yüklə 27,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə