Assosiasiyalar



Yüklə 49,13 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü49,13 Kb.
#141464
Assotsiatsiyalar-metodi


Mavzu : Assotsiatsiyalar


Ta’rifi
O`quvchilarning har bir guruhiga bo`lajak mavzuni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan so`z yoki gap yozilgan plakat beriladi. Uning quyiga o`quvchilar ana shu so`z yoki gap ularning ko`zlari oldida gavdalantiradigan tasavvurlarini yozib qo`yadilar. Masalan: plakatda vertikal yo`nalish bo`yicha tanlangan mavzu bilan bog`liq bo`lgan tushuncha yoziladi. Ushbu so`zning har bir harfiga ishtirokchilar o`z tasavvurlarini bayon qiladilar va yozadilar. Masalan:


M – muammo, muloqot, mantiq, misol, masala…


U – uddalamoq, uzluksiz, uyg`unlashtirmoq….

N – nazariya, najot, navbahor, nafosat…


O – oqilonalik, omil, omma, ong…


Z – zimma, zukko, zamon, zarar, ziynat…


A – axborot, agrotexnika, ajoyibot, avaylash…


R – reja, ravnaq, rag`bat, raqam, rahnamo…


A – ahamiyat, ahvol, aql, ahillik, afzallik…


Turli guruhlarda bo`lajak mavzuni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan har xil so`zlar bo`lgani maqsadga muvofiqdir. Barcha plakatlar ilib qo`yiladi, o`qib eshittiriladi, lekin izohlab berilmaydi.

Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.

Afzalliklari


Mulohaza yuritish jarayoniga barcha o`quvchilar fikrini jalb qilish, ishtirokchilarning emosional holati


Qiyinchiliklari
Aniqlanmagan.



Yüklə 49,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə