MAVZU: « Krivoship - shatun mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish .»
MAQSAD: O‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash faoliyati va asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyati, mexanizm va agregatlarni ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
O‘QUV SOATLARI: 6 soat (240 daqiqa).
MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;
Dvigatelning KSHMni tartibli ketma-ketlikga asoslanib, texnik talablarga rioya qilib to‘g‘ri qismlarga ajratish va yig‘ish;
Asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish.
MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Mexanizmni qismlarga ajratish va yig‘ishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
birikish holati;
ishlov berilgan yuzalar tozaligi;
birikish va o‘rnatish holatlari;
detallar qanday sharoitda ishlashi va qanday yuklanishlarda bo‘lishi;
muhofazalovchi zichlagichlarning tuzilishi va o‘rnatilishi;
ishqalanuvchi yuzalarga moy yuborish joylari;
mexanizmning rostlash detallarini joylashishi.
KSHMning vazifasi yonilg‘i aralashmasining yonishidan hosil bo‘lgan gaz bosimi hisobiga, porshenning ilgarilanma-qaytma harakatini, tirsakli valning aylana harakatiga o‘zgartirib berishdan iborat. KSHMning detallari ikki guruhga ajratiladi. qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi.
Qo‘zg‘almas guruhga silindrlar bloki 1, kallagi 11 bilan, oldingi va ketingi qopqoqlar 8 mahkamlovchi va zichlovchi detallar; qo‘zg‘aluvchi guruhga porshen guruhi 12, shatun 13, tirsakli val 4 va maxovnik 10 kiradi.
Silindrlar bloki dvigatelning asosi sanaladi, uning ichida dvigatelning asosiy mexanizmlari va tizim detallari joylashgan. Silindrlar bloki kulrang cho‘yan (ZIL-130, KamAZ-5320) yoki aluminiy qotishmasidan (TICO, DAMAS, MATIZ, NEXIA) quyib tayyorlangan. Quyma murakkab quti shaklida amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: |