Axborot tizimlari va texnologiyalari (sanoat ishlab chiqarishida)



Yüklə 25,32 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü25,32 Kb.
#145367
  1   2   3   4
yo`nalishlar tavsifi


60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (sanoat ishlab chiqarishida) bakalavriat taʻlim yoʻnalishi - fan va texnika sohasidagi yo`nalish boʻlib, ishlab chiqarish tizimlarini loyihalash usullarini tadqiq qilish, kompyuter va kommunikatsion texnikaning ishlash tartibi va qoidalarini oʻrganish, loyihalash jarayonlarini tahlil qilish. sintezlash va optimallash usullarini qoʻllash, kompyuter va kommunikatsion texnikada kechadigan fizik jarayonlarning matematik modellarini ishlab chiqish. kompyuter tizimlarining samaradorligi va ishonchliligini baholash algoritmlarini va amaliy dasturlarini ishlab chiqish. apparat-dasturiy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish hamda integratsiyalash bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.


Kasbiy faoliyatining obyektlari:
- davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;
- ishlab chiqarish sohalarida axborot tizimlari va texnologiyalariga oid jarayonlar,
- axborot-kommunikatsiya tizimlariga tegishli dasturlar, ularning matematik, axborot va algoritmik-dasturiy taʻminoti, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, sanoat ishlab chiqarishida axborotni qayta ishlash, mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy taʻminoti, dasturiy mahsulotlar va hisoblash texnikasini apparat vositalarini ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlari,
- axborot-boshqaruv tizimlari va texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari:
- ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini texnikaviy taʻminlash vositalari; kasb-hunar koilejlaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni.


Kasbiy faoliyatlarining turlari:
loyiha-konstruktorlik;
• tashkiliy-boshqaruv;
• ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish;
• ilmiy-tadqiqot;

60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) taʻlim yoʻnalishi - fan va texnikaning muhandislik ishi sohasidagi taʻlim yoʻnalishi boʻlib, u ishlab chiqarish tarmoqlaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ularning boshqarish obyektlari va tizimlarini loyihalash, ishga tushirish, texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish jarayonlarini taʻminlashga yoʻnaltirilgan nazorat vositalari majmualari, texnologik obyektlarni rostlash va boshqarish tizimlarini, shuningdek, texnologik obyektlarni samarali boshqarish uchun moʻljallangan nazorat va boshqarish tamoyillari bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuini qamrab oladi.



Yüklə 25,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə