Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya ta’limi metodikasi” kafedrasi



Yüklə 95,01 Kb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü95,01 Kb.
#163525
  1   2   3   4   5   6
badiiy modellashtirish (3)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PROFESSIONAL TA’LIM” fakulteti
TEXNOLOGIYA TA’LIMI METODIKASI” kafedrasi
TEXNOLOGIK TA`LIM ME`TODIKASI” fanidan


KURS ISHI


Mavzu: Badiiy modellashtirishning mazmuni


Bajardi: Raxmatova Z.A.
Ilmiy rahbar: Umarjonova N.A.


Toshkent-2022
Reja:

  1. Kirish.

3

  1. Asosiy qism




I Bob. Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida

5

    1. Loyihalash ishlarining xususiyatlari

5

    1. Model va modellashtirish

16

II BOB. Badiiy modellashtirishni konstruksiyalash.

21

2.1. Badiiy modellashtirishning mazmuni.

21

2.2. Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish.

30

  1. Xulosa

36

  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

37



Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, modellashtirish va prognozlashda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik hamda ekonometrik usullar va modellar, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llashni o`rganadi. Bozor iqtisodiyoti murakkab, o`zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan iborat bo`lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o`rganish va tahlil qilishda iqtisodiy-matematik va ekonometrik usullar hamda modellarning qo`llanilishi kutilishi mumkin bo`lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati (statikada) asosida uning istiqboldagi (dinamikada) o`zgarishlarini oldindan ko`rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor konstrukturasini oldindan prognoz qilmasdan turib, barqaror ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilab bo`lmaydi. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o`z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. “Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fanining asosiy maqsadi magistrantlarga milliy iqtisodiyot sharoitida murakkab iqtisodiy tizimlarni modellashtirishni, modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini, aniq iqtisodiy obyektlar misolida modellarning yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo`yilgan iqtisodiy masalalarni zamonaviy axborot- texnologiyalari yordamida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil hamda talqin qilish kabi masalalarni o`rgatishdan iboratdir. “Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Ekonometrika”, “Axborotlar texnologiyasi”, “Ehtimollar nazariyasi” va “matematik statistika” va shuningdek iqtisodiy matematika kabi fanlar bilan o`zaro aloqada bo`ladi. Fanning bo`limlarida makrodarajada, ya`ni milliy iqtisodiyot bo`yicha iqtisodiymatematik modellarning (ishlab chiqarish funksiyasi, tarmoqlararo balans modellari, ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda samarali foydalanish bo`yicha ilmiy tavsiyalar keltiriladi. Talabalar fanning har bir mavzusini nazariy o`rganish bilan bir qatorda amaliy mashg`ulotlarda aniq iqtisodiy jarayonlar va ko`rsatkichlar asosida ularning matematik modellarini tuzish, axborot texnologiyalari va mos dasturiy vositalarni qo`llab, masalalarning aniq miqdoriy yechimlarini olib, iqtisodiy tahlil qilish bilan yakunlaydilar. Fanni o`rganish yakunida talabalar mustaqil ravishda iqtisodiy masalalarning matematik jihatdan qo`yilishini, ularning matematik modellarini tuzish, ushbu modellarni mos keluvchi usullar va axborot texnologiyalari yordamida yechish hamda iqtisodiy tahlil va talqin qilishni o`rganadilar.

Yüklə 95,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə