Guruh: I-108
Bajardi: Mamasoliyeva O.
Qabul qildi: Mirzakarimova Z.
TAQDIMOT
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: O’zbek tilining sohada qo’llanilishi.
Reja:
1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
2. Publitsistik uslubning morfologik Belgilari
3. Publitsistik uslubning Sintaktik jihatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Publitsistika (lot publika xalq,omma)
davrning eng muhim dolzarb
masalalarini tinglovchilarga gazeta-
jurnal, radio, televideniye orqali sodir
bo’layotgan voqealarni yetkazib berish
uchun xizmat qiladi. Bu uslubning eng
muhim xususiyati- nutqning jamiyatga
qaratilganligi
.
Ommaviy axborot
vositalarida (gazeta-jurnal,
radio, televideniye), Oliy
Majlis yig’inlarida, turli xil
anjumanlarda
qo’llaniladigan nutq uslubi
publitsistik uslub sanaladi.
Yozma
Bosh
maqolalar,
Chaqiriqlar,
Deklaratsiya,
Felyeton
Og’zaki
Radio
televideniyeda
chiqayotgan
siyosiy
sharhlovchilar,
notiqlarning
nutqlari
Gazeta tili”, “Gazeta janrlari uslubiyati” maxsus kurslari dasturi hamda “Jurnalistik
ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)” kursi dasturida gazeta janrlari va ularning
tasnifi keltirilgan. Ularda o`zbek tilshunosligida “gazeta janrlari”ning belgilab
berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir
muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim
.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib ko`rsatilgan26. U
publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-
densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola,
ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari,
axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar,
chaqiriq27.
S.Muhamedov gazeta publisistikasi tarmog`i – gazeta publisistikasi janri sifatida
quyidagilarni ko`rsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola,
sharh, obzor, taqriz, matbuot obzori, ocherk, felyeton, pamflet, lavha28.
O`zbek badiiy publisistikasining xususiyatlari to`g`risida qator tadqiqotlar
yaratgan O.Tog`ayev xat, ocherk, felyetonni badiiy publisistika janrlari sifatida
baholagan edi. U o`z tasnifida badiiy publisistik janrlar (xat, ocherk, felyeton)
bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya,
maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib ko`rsatadi. Olimning janrlarni
alohida belgilariga qarab guruhlarga bo`lishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir
Publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot,
ya’ni gazeta va jurnallarning alohida o`rni bor. O`zbek tilshunosligida
gazeta tilini tadqiq etish bo`yicha qator tadqiqotlar yaratilgan.
A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli
monografiyasida gazeta tilini o`rganishga doir adabiyotlar obzori
keltirilgan17. Unda ko`rsatilishicha, o`zbek tilshunosligida gazeta
leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal so`z va terminlar qo`llash,
«Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik
xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari
asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili
statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi o`rni, janrlari, gazeta tili
gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik
xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan
olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy so`zlar, o`zlashgan leksik
qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor
masalalari o`rganilgan muhim tadqiqotlar mavjud.
A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot
janrini ajratib ko`rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka
nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-
publisistik”) diqqatni tortadi31.
Keyingi paytlarda o`zbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”,
“gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam o`rin egallamoqda.
I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni
quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik)
janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat,
reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya,
maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy
(analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar)
kabilarni o`z tasnifida qayd etgan
G`.G`afurov “publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining
ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1)
Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-
tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat,
matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik
janrlar, esse, lavha
Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola
va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi
ham P.ga kiradi. P. Mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy,
iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-
munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga
ega. P. Janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot),
tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi
maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. Hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq
etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi.
Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. Il-miy-nazariy
xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik
maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki
tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. P.
Janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir
shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan
namoyon boʻladi.
Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. Ancha qadimiydir. P. Xususiyatlari
“Qobusnoma” (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning “Majolis
un-nafois”, “Munshaot”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida P.ning tugal
xususiyatlari uchraydi.
90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar
kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo
boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi.
P. Keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir
Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin
Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari
bilan oʻzbek P.siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
P.ning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va
boshqalar), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va
boshqalar) shakllari ham bor.
Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va
boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin.
Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi,
deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari
tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki
publitsistik maqolalar “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida chop etilgan.
Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga
kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini
ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor
sharhlaganligi bilan ham qadrlidir.
Ayniqsa, bunday maqolalar “Taraqqiy” gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina
boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H.
Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga
mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va
sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar
“Shuhrat”, “Xurshid”, “Osiyo”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Fargʻona”, “Najot”, “Turon”,
“Hurriyat”, “Yurt” kabi gaz. Va jur. Sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-
budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan “Samarqand”
gaz. Hamda “Oyna” jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi
tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan (“Sayohat xotiralari”, “Til masalasi”,
“Bizni kemirguvchi illatlar”, “Ehtiyoji millat” va boshqalar).
М.Аминов, А.Мадвалиев, Н.Маҳкамов,
Н.Махмудов. Иш юритиш. Т. “Ўзбекистон
миллий энциклопедияси”, 2000.
N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo‘ldoshev. Davlat
tilida ish yuritish. T., “Sharq” 2004. Ризаев С.
Иш қоғозларининг айрим намуналари. Т.,
"Меҳнат" 1990. Т.З. Имамова, Л.А.
Тухватуллина. Иш қоғозлари қандай
ёзилади? Как писать деловые бумаги? Т.,
“Ўзбекистон
Dostları ilə paylaş: |