Birinchi yarmigacha



Yüklə 2,23 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü2,23 Mb.
#152753
  1   2   3
A1


XORAZM VILOYATI
HAZORASP TUMANIDAGI
8-SON UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABINING
___ -SINF O`QUVCHISI
______________________________NING
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI:VII ASRDAN XIV ASRNING
BIRINCHI YARMIGACHA

LOYIHA ISHI
MAVZUSIDA

REJA


  1. qadimgi turkiy adabiyotning paydo bo‘lishi va unga xos xususiyatlarni tadqiq

  2. XII–XIV asrlar o‘zbek so‘z san’atining mavzu-mundarijasi va g‘oyaviy yoʻnalishlari

Turkiy adabiyotning dastlabki namunalari ham xalq og‘zaki ijodi (folklor) shaklida paydo bo‘lgan. Boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi, miflar xalq og‘za- ki ijodining muhim qismi bo‘lib, ularda qadimgi turkiylarning olam va odam yaratilishi haqida-


gi qarashlari ifodalangan.
O‘rxun yozuvida bitilgan “Irq bitigi” (IX-X asrlar) qadimgi turkiylarning o‘ziga xos turmush tarzi, yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari aks etgan muhim manba hisoblanadi.
O‘rxun–Enasoy yodgorliklari eng qadimgi turkiy yozma adabiyot namu-
nalaridan bo‘lib, ular turkiylarning tili, urf-odatlari, madaniyati, tarixi va islom-
dan oldingi diniy qarashlarini o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. “O‘rxun–Enasoy yodgor- liklari” nomi ostida Sibirdagi Yenisey va Lena da- ryolari havzalaridan tortib Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan katta hududda topilgan tosh bitiklari tushuniladi. Bu bitiklar
runiy yozuvida yozilgan bo‘lib, ulardan eng yiriklari VIII asrda Turk xoqonligini boshqar- gan Bilga xoqon va Kultigin hamda Turk xoqonligida maslahatchi bo‘lgan Toʻnyuquq haqida hikoya qiladi.

Turkiy xalqlar yashagan hududlarga islom dini kirib kelgandan keyin nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy va madaniy hayotda ham katta o‘zgarish- lar ro‘y berdi. Din bilan birga arab yozuvi ham kirib keldi va XX asrgacha barcha ilmiy va adabiy yodgorliklar shu yozuvda bitildi. O‘z davrining eng yirik davlatlaridan biri bo‘lgan Arab xalifaligida ilm-fan, adabiyot va san’at rivojlandi. Tarixga “Islom oltin davri” yoki “Musulmon Re- nessansi” nomi bilan kirgan bu davrda bizning ajdodlarimiz ham du- nyoviy va diniy bilimlar ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Xususan, IX asrda yashagan Abu Abdulloh Muhammad al-Buxoriy Muhammad s.a.v.ning sahih (ishonarli) hadislarini to‘plab, “Al jomi’ as-sahih” (“Is- honarli to‘plam”) va “Al-adab al-mufrad” (“Odob durdonalari”) kitobla- riga jamladi.


IX–XII asrlarda turkiylarning yirik va kuchli Qoraxoniylar davlatida san’at, madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi, uning tarkibidagi Buxoro, Sa- marqand, Shosh va Qashqar kabi shaharlar esa dunyoning eng mash- hur ilm-fan egalari, olim-u fozillar, donolar, faylasuflar markaziga aylandi. Mamlakatdagi bunday ijodiy muhit Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib kabi buyuk shaxslarning, madaniyat vakillarining yetishib chiqishida o‘zi- ga xos ahamiyat kasb etdi. Mahmud Koshg‘ariy turkiy adabiyot olamida “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) nomli, turkiy tillar haqi- dagi qomusiy asari bilan tanildi. Asar arab tilida yozilgan bo‘lib, unda XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo va G‘arbiy Xitoy hududida yashagan turkiy xalqlarning tili, tarixi, geografiyasi, ijtimoiy ahvoliga oid qimmatli ma’lumotlar, maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, she’riy parcha- lar keltirilgan. Bir-biriga qarama-qarshi hodisa yoki tushunchalar tasviri asosiga qurilgan munozara janrining dastlabki namunalarini ham aynan “Devonu lug‘atit turk”da kuzatish mumkin.
* *
Keldi esin esnayu,
Qorqa tugal usnayu,
Ko‘rdu bo‘dun qusnayu,
Qara bulut ko‘krashur.
Turlug‘ chechak yarildi
, Barchin yazim kerildi.
Uchmaq yeri ko‘ruldi,
Tumlug‘ yana kelgusuz.
Shamol esib keldi,

Yüklə 2,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə