Biznesning o'zaro ta'siri madaniyati tushunchasi: mohiyati va funktsiyalari. Reja: Madaniyat va biznes boshqaruvi



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#163752
  1   2   3   4   5   6   7   8
BIZNESNING O\'ZARO TA\'SIRI MADANIYATI TUSHUNCHASI MOHIYATI VA FUNKTSIYALARI

BIZNESNING O'ZARO TA'SIRI MADANIYATI TUSHUNCHASI: MOHIYATI VA FUNKTSIYALARI.

Reja:

1. Madaniyat va biznes boshqaruvi.

2. Biznesni boshqarish madaniyatining asosiy unsurlari.

3. Raxbarlik uslubi tushunchasi.

4. Biznesni boshqarishda qo’llaniladigan uslublar.

«Madaniyat» tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nixoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati xaqida so’z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo’linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat fark qilinadi. Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning xam madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat bo’lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.

Insoniyat madaniyati usuvchan, o’zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalni avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin. O’zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, uni saklash, rivojlantirish ko’p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli insonlari fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir. Inson xayoti faoliyatining muxim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bo’lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini egallashdir. Biznes boshqaruvi madjaniyati juda muximdir. Insoniyat o’z rivojlanish jarayonida juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuqsalishi bilan bog’liqdir. chunki, menejment yo’llari, usullari, vosita va uslublariga tankidiy baxo berish yo’li bilan, ularning eng yaxshilari jaxon tajribasida kulanishi uchun ajratib olindi.


Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə