Bolalarning ijtimoiy moslashuvi mavzu: Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish metodlari



Yüklə 64,36 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü64,36 Kb.
#162369
13 mavzu maruza ijtimoiy

BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI

MAVZU:Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish metodlari


Reja.
1.Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga oid kasbiy kompetentlikni rivojlantirish
2.Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalari
3. Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari.
O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida amaliy tatbiq etish muammosi turadi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur.
Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. 
Ijtimoiy-pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq. Vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin.
Vositalar — ijtimoiy pedagog tomonidan kutilgan maqsadga erishish uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanadi.
Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy-pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. ’‘Ijtimoiy pedagogik texnologiya” tushunchasi “ pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish, ikkinchisi, ijtimoiy fanlar sohasida.
XX asrning 80-yillari o’rtalarida pedagogik amaliyotda SH. A Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V. P. Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S. N. Lisenkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V. A. Karakovskiy, N. Ye. Selivanova, N. I. SHurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlarini ilm ahli tomonidan tan olindi.
Ta’lim metodlari: og’zaki metodlar (hikoya, suhbat, bahs, ma’ruza), ko’rgazmali metodlar (namoyish , darslik bilan ish ­lash), amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriya ishlari, didaktik o’yinlar, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar). Tarbiya metodlari: namuna, ishontirish, o’qitish, jazolash, mashq, istiqbolni ko’zlash, o’yin, ishonch, muvaffaqiyatni ta’minlash, o’z-o’zini tarbiyalash kabilar kiradi.
Shaxsning o’z-o’zini tarbiyalashini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirish mumkin:
1. O’z “ Men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish. Boshqalarni chetdan kuzatish qulayligi uchun o’zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslash ajoyib imkoniyat yaratadi.
2. O’zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabatlarida ishlatish. Bu atrofdagilarning so’zlari, histuyg’ulari, xulq-atvor reaktsiyalari orqali ularning o’ziga nisbatan munosabatlarini bilib olishga yordam beradi.
3. O’zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O’z-o’zini baholashning bu usuli o’zidagi mavjud imkoniyatlar haqidagi fikrni mus-tahkamlaydi.
4. O’zini tashqi qiyofasiga berilgan bahosi orqali qabul qilish.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi: ishontirish; talab qilish; hikoya; suhbat va bahs; jazolash va maqtash
Xulosa qilib aytganda ijtimoy kompetentlik - olingan bilimlarga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlarda to'g'ri harakat qila olishlik demakdir. Kompetentlik -ijtimoiy amaliyot ko'rinishidagi bilim va ko'nikmalarning mavjudligi bo'lib, u ta'lim jarayoni natijalariga ijtimoiy madaniy talablar va jamiyat tomonidan talablar qo'yiladigan hollarda namoyon bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.F.R.Qodirova, Sh.Q-Toshpulatova, N.M.Kayumova, M.NA'zamova . "Maktabgacha pedagogika" darslik / - Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. - 688 b.
2. Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. T. Universitet, 1998
3. G'ulomov. X.R. Raimov. va boshqalar. "Ta'lim-tarbiya sifati va qirralari". T; «Fan va texnologiyalar». 2004.
4. N.M.Egamberdiyeva. «Ijtimoiy pedagogika» T.: Tafakkur bo`stoni,
2014y.
5. Berdiyeva.M, Muhammadiyeva .F. “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” 2022 yil. O’quv qo’llanma

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Yüklə 64,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə