Boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi sirtqi III kurs 304- guruh talabasi joldasova gulmira nariman qizi ning



Yüklə 395,28 Kb.
səhifə1/6
tarix27.05.2023
ölçüsü395,28 Kb.
#113498
  1   2   3   4   5   6
kurs ishi 3-sinf tenglama


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM” fakulteti
5111700- Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
sirtqi III kurs 304- guruh talabasi
JOLDASOVA GULMIRA NARIMAN QIZI ning
Matematika o’qitish metodikasi” fanidan


KURS ISHI
MAVZU: “3-sinfda tenglama tushunchasini o’rgatish metodikasi”
Ilmiy rahbar: Zokirov F


Toshkent - 2023
Mundarija:
Kirish
Asosiy qism
1.Boshlang’ich sinflarda tenglamalarni yechishga o’rgatish metodikasi

2.3-sinfda tenglamalarni yechishga o’rgatish metodikasi .


3.Tenglama tuzib yechiladigan masalalar va ularni o’rganish metodikasi.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
— Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq.Qanchalik murakkab boʻlmasin, maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qoʻyishimiz kerak. Chunki biz koʻp vaqt yoʻqotganmiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Mamlakatimizda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki, bosqichi sifatida qaraladi .
Shu sababli boshlang’ich sinflarda o’rta maktabda matematika o’qitishda ko’zda tutiladigan masalalarni hisoga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak.
O’rta maktab matematika dasturiga taalluqli ko’pgina masalalar, tenglik va tengsizliklar boshlang’ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o’ztirilishi kerakki bunda ular o’quvchilar ongi va xotirasida bir umr saqlanib qolsin.
Boshlang’ich ta’limning muhim masalalaridan biri o’quvchilarda ongli va mustaqil mustahkam hisoblash (avtomatizm darajasiga yetgan) malakalarini shakllantirishdan iborat edi va shunday bo’lib qoladi. Matematika kursi o’quvchilar kuchi yetadigan darajada o’quv materialini umumlashtirishni, o’rganilayotgan matematik faktlar asosida yotuvchi umumiy tamoyil va qonuniyatlarni tushunishi va qarab chiqiladigan hodisalar orasida mavjud bo’lgan bog’lanishlarni tushunishni ham nazarda tutadi.
Bu asosan amallarning xossalarini, ular orasidagi bog’lanishlarni o’rganishga , noma’lum tushunchasini o’rganishni, o’quvchilarda shakllanayotgan amaliy o’quv va ko’nikmalarning asosi bo’lgan matematik munosabat va bog’lanishga taalluqlidir. Bu nazariy, amaliy o’quv ko’nikmalarini egallashga yordam beribgina qolmay, nazariy va amaliyotning qarab chiqilayotgan masalalari orasida matematik munosabatlarni o’rnatishga, matematika o’qitish samaradorligini oshirishga o’qituvchiiga yordam beruvchi asosiy vositalardan biridir.
Yuqorida sanab o’tilgan hamma masalalarni yechish mazmuni samrali tanlanganda, uni bayon qilish o’ylangan sistemada bo’lganda va o’qitishning tegishli usul va shakllarini hamda o’qitish vositalarini bilib tanlab olganda amalga oshiriladi. Shu ma’noda boshlang’ich ta’lim, ta’lim tizimini tashkil etuvchi muhim sohadir. Boshlang’ich ta’limning samaradoligi o’quvchilarda o’ziga xos tarzda tarkib topgan ta’limiy faoliyatning shakllanishi darajasiga bog’liq. Bunday faoliyat nazariy bilimlarni o’zlashtish jarayonida o’qituvchi rahbarligida shakllanadi va muntazm rivajlanib boradi. Matematika ta’lim sohasi. Boshlang’ich maktabda matematika ta’limi o’quvchilaning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga o’z fikrlarni mustaqil bayon qila olishga egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarida qo’llashga hamda ta’limnining ikkinchi bosqichida o’qishnini davom etirish uchun matematik tayyorgarlikni taminlashga hizmat qiladi. Matematika ta’lim sohasi bo’yicha standart ko’rsatkichlar bolalarda natural son va nol to’g’risida tasavvurni shakllantirish puxta hisoblash ko’nikmalarni hosil qilish amaliy masalalarni yechishda N sonlarni va arifmetik amallarni qo’llashga o’rgatish, eng soda geometric shaklar ularning tekislikda tasvirlanish tasavvurlarga ega bo’lishi kerak. Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan
muhim omillardan biri bu-ta’lim –tarbiya tizimi hisoblanadi.Ma’lumki ota- bobolarimiz qadimdan beboha boylik bo’lmish ilmu kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va gazovi deb bilgan .
Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin ta’lim- tarbiya tizimini va shu asosida ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi.
Maktab, ta’lim –tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yiladgan. Shu bilan birga bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab-quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim- tarbiya olishga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz, murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishizarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish- ta’lim-tarbiya
sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi.
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi –bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Shuning uchun han mustaqillikning dastlabki yillardanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb –hunar o’rgatish tizimini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Uni amalga oshirish yo’llari ishlab chiqildi.

Yüklə 395,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə