Bozor iqtisodiyotini tartibga solishga solishda davlatning roli Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar

Yüklə 9,26 Mb.
tarix05.05.2023
ölçüsü9,26 Mb.
#108691
Третая Презентация от Студента

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) guruh talabasi Tog`aynazarov Shaxzodning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishga solishda davlatning roli

Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar

Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda dastlab A.Smit tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.

Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1. chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi yanada kuchayadi; 2. ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi; 3. ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi; 4. turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.

Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.

Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vazifalari

- bevosita ta’sir qilish usullari;

- bilvosita ta’sir qilish usullari;

- tashqi iqtisodiy usullar.

Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

Bozor xo`jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo`ladi.

Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;
  • davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash).

Thank you for attention!

Yüklə 9,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə