Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə1/5
tarix26.05.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#113055
  1   2   3   4   5
Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish


Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish
Kompaniyalar, firmalar, korxonalar tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni ko‘zlab, bozorni marketing nuqtayi nazaridan o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadilar. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtayi nazaridan tadqiq qilishning vazifasi ishlab chiqarish va undan chiqadigan tovarlarning bozor va iste’molchini yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshishi kerak. Boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik va tovarlarning markaziy ta’minoti sharoitida bozorni o‘rganish mohiyati o‘z ma’nosini yo‘qotadi.
Erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar keng bozor izlanishlari orqali o‘z mahsulotlarini sotishni ta’minlaydi, uning natijalaridan ishlab chiqarish va sotish dasturi tuzishda asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bozorni o‘rganish potensial iste’molchilar ehtiyojlarini, ularning tovarlarga bo‘lgan talablarini, talab motivini aniqlashga imkoniyat beradi, bu narsalar esa korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Xaridorlarning iste’mol qilish texnologiyasini, ishlab chiqaruvchi tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, kelajakdagi ehtiyojni prognozlash va bozorga yangi turdagi mahsulot taklif qilish imkoniyatii beradi. Bu tadbirlar sotish hajmini ortishiga va bozorning katta ulushiga egalik qilishiga yordam beradi.
Bozor tadqiqotining asosiy usuli - bozorni segmentlash asosida tizimli tahlil qilishdir. Marketing qarorlarini qabul qilishda kerakli samara va istalgan natijaga erishishda ahamiyatlidir. Bozorni o‘rganish natijasida ikki xil axborot olinadi: miqdoriy - bozor sig‘imi, bozorda firmaning ishi va uning raqobatchilari haqida va sifat xarakteridagi axborot - bozor strukturasi; sotilayotgan mahsulotning ehtiyojlarga, alohida iste’molchilar o‘lchamlariga mos kelish darajasi; ularning sifat, turlariga qo‘yiladigan talablari; iste’molchilar foydalanadigan moddiy resurslar haqida. Tadqiqot o‘tkazish samaradorligini ta’minlash bir qator tadbirlarni amalga oshirish: talab qilinadigan axborotlarni aniqlashda muhimligini baholash; axborot yig‘ish manbalarini va tahlil usullarini tanlash; axborotni yig‘ish va tahlil qilish, takomillashtirish yo‘llarini izlash; izlanish va uning natijalarining samaradorligini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.
Axborotlarning obyektivligi va aniqligi marketing samaradorligini aniqlaydi. Shuning uchun ham mashhur firmalar barcha mamlakat va bozorlarda axborot tizimlari tashkil qilishadi. Bu o‘rinda Yaponiya firmasi «Mitsubisi»ning axborotlar tarmog‘ini misol qilsak, u 14 ming mutaxassisga ega bo‘lgan 120 dan ortiq chet el va 60 yapon idoralaridan iboratdir.
Marketing tamoyili asosida ishlovchi yetakchi firmalarning (kompaniyalarning) tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadqiqot - ishlarining samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilganda ortadi:
· bozor sig‘imini aniqlash, bozor «ovqat» (ozig‘i)ini topish;
· xaridorlar amaliyotini, motivlarini, ularning hulq-atvorlarini tahlil qilish;
· sotishning umumiy holatlarini tahlil qilish va uni prognozlash;
· raqobatchilar strategiyasi va taktikasini o‘rganish;
· bozordagi raqobatni tahlil qilish.
Bozor o‘lchamlapini aniqlash, firma o‘zining har bir tovari uchun bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga yordam beradi. Bu tovar assortimenti va sotish dasturini rejalashtirishda qo‘l keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alohida tovarlar bozori kuchsiz raqobatning mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin bu narsa firma raqobatchilari faoliyatini o‘rganishni keragi yo‘q degani emasdir.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə