Buxgalteriya hisobi, moliya, soliq va statistika



Yüklə 259 Kb.
səhifə1/7
tarix29.03.2023
ölçüsü259 Kb.
#103583
  1   2   3   4   5   6   7
Statistika Uslubiy ko\'rsatma


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI


BUXGALTERIYA HISOBI, MOLIYA, SOLIQ VA STATISTIKA” KAFEDRASI


STATISTIKA FANIDAN
Sirtqi bo’lim talabalari uchun
NAZORAT ISHLARINI
bajarish bo`yicha
USLUBIY KO’RSATMA

Samarqand-2022



Tuzuvchilar:
Nazarov Q.X.“Buxgalteriya hisobi, moliya, soliq va statistika” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:

M.Xolmurzayev




-

TDIUSF, “Buxgalteriya hisobi, moliya, soliq va statistika” kafedrasi mudiri, dotsent, i.f.n.

T.Raxmanov




-

SamDU “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti

Nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma kafedra (2022 yil ___ yanvardagi ____-sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun filial o’quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri M. Xolmurzayev
Nazorat ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko’rsatma filial o’quv-uslubiy Kengashining 2022 yil ___ yanvardagi ___-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari F.B.Axrorov

KIRISH


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g‘ri aniqlab, talil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
“Statistika” fani, talabalarni statistika va uning asosiy xususiyatlari to’g’risida tushunchalarni o’rgatish orqali nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, statistik qonunlar va kategoriyalar mazmun mohiyatini o’rganish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatlarni shakllantirish orqali iqtisodiy muammolarni echish yo’larini topa olish qobiliyatini shakllantiradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
statistik masalalarni yechish; soddaroq masalalar ustida statistik kuzatishni tashkil etish; statistik jadval va grafiklarni tushunarli va jozibali qilib tuzish; turli statistik adabiyotlardan foydalanib ma’ruzalar tayyorlash; guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos xususiyatlarini talqin qilish; statistik jadvallar va grafiklar tuzish; MHTning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning ko’rsatkichlarini aniqlash; statistik masalalarni yechish, axborotlarga ishlov berish bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarini bilish; o’rtacha miqdorlar va variasiya ko’rsatkichlarini o’rganish; tanlanma kuzatish mohiyatini, uni qo’llash sabablari va afzalliklari aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy xodisalaro’rtasidagi o’zaro boglanishlar o’rganish uslubiyati; dinamika qatorlari vaturlarini aniqlash; balans usulinin mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganish; bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning asosiy vazifalarini bilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil o’zlashtirish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.
Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo’yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o’zlashtirish uchun yo’l yo’riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 259 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə