Davlat byudjeti



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#135132
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Давлат бюджети фанидан мустакил таълим 2021 22 2 (3)




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” KAFEDRASI 
Nurmuxamedova Barno Ismoılovna 
Xamdamov Shavkat Komılovıch
“DAVLAT BYUDJETI” FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BOʻYICHA
USLUBIY QO‘LLANMA 
Bilim sohasi:
200000- Ijtimoiy soha, iqtisod va 
huquq
 
Ta’lim sohasi:
 
230000–Iqtisod
 
Ta’limyo‘nalishi:
 
5231300–Pensiya ishi
 
 
 
TOSHKENT–2022 
 



 



KIRISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan 
bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi 
va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan 
holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha 
oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan 
hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari paytida talabalarga 
etkazish qiyin. 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, 
mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish 
paydo bo’ladi. 
Talaba mustaqil ishi
– muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, 
ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi 
maslahatlari va tavsiyalari asosida auditoriyada va auditoriyadan tashqarida 
o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ta’limning 
asosiy maqsadi
pedagog-xodimning rahbarligi va 
nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun 
zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. 
Mustaqil ta’limning 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 

kerakli ma’lumotlarni izlab topish, bilim olish va uni mustahkamlashning 
qulay usullari va vositalarini aniqlash; 

axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish; 

an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; 

elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; 

yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega 
bo’lish; 




Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish, berilgan topshiriqning ratsional 
yechimini belgilash; 

ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta 
ishlash, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish; 

ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar 
jamoasida himoya qilish. 
“Davlat byudjeti” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha 
ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 
avgustdagi 286-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Talabalar mustaqil ishini tashkil 
etish va nazorat qilish bo’yicha yo’riqnoma” va boshqa huquqiy hujjatlar va 
adabiyotlar asosida tayyorlandi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə