Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi 1 savolga javob



Yüklə 13,79 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü13,79 Kb.
#134028
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI


JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI
1 - savolga javob
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga jahon halqlarining jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda shu sohada erishilgan natijalar to‘g‘risida ma`lumot berish, mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi va uning taraqqiy etish hamda sportni boshqarish yo‘llari haqida bilim berish, ommaviy jismoniy tarbiya harakatida ijtimoiy va davlat idoralari o‘rnini anglatish. O‘z-o‘zini boshqaruv muassasalari va davlat idoralarini boshqaruv hujjatlar bilan ishlashga o‘rgatish, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.
Fanning vazifasi – bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga jahon xalqlarining umumiy madaniyatida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy mashqlarni paydo bo‘lishi. Jismoniy madaniyat va sportni rivojlanish davrlari. O‘rta asrlarda jismoniy madaniyat va sport. Buyuk gumanistlar ta`limoti, O‘rta Osiyoga jismoniy tarbiyani kirib kelishi. Ajdodlarimiz Abu Ali ibn Sino, A.Temur davrlarida jismoniy tarbiya. Sportni boshqaruv tamoyillari, an`anaviy va milliy bayramlarda musobaqalar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qaror, buyruqlarning sport tashkilotlarida bajarilishi bo‘yicha bilim berish hamda o‘rgatish, ta`lim muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini o‘rganishga ko‘maklashadi.
2 - savolga javob
Yüklə 13,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə