Mavzu: Gandbol sport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etish va hakamlik qilish Reja



Yüklə 35,62 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü35,62 Kb.
#159795
  1   2   3   4   5   6   7
Gandbol sport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etish


Mavzu: Gandbol sport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etish va hakamlik qilish
Reja:
1. Musobaqa turlari
2. Musobaqa o‘tkazish tizimlari
3. Musobaqa nizomi

Qo’l to’pi sport turi bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazishning tushunchalari: qo’l to’pi musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi, musobaqalarni boshqarish, musobaqa turlari, musobaqalarning asosiy turi-taqvimi, nazorat uchrashuvlari, o’rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar, o’rtoqlik uchrashuvlari, musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni, musobaqa kim tomonidan o’tkazilishi, musobaqa o’tkazish muddati va shartlari, hisobga olish tizimi va jamoalarning egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi, g’oliblarni mukofotlash.


1. Qo’l to’pi o’yini musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish.
Qo’l to’pi musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda qo’l to’pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gandbolchi musobaqalarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Musobaqalar qa’tiylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi irodaviy kuchini, qolaversa jamoa, tuman, shahar, respublika, mamlakat oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinchilarning emosional keskinligi gandbolchilarning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Musobaqalarni boshqarish. Musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o’tkazish uchun aniq javobgar shaxs bo’lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko’rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o’tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.

Yüklə 35,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə