Davlat byudjeti



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#135132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Давлат бюджети фанидан мустакил таълим 2021 22 2 (3)

 
I.
 
MUSTAQIL ISH UCHUN BERILADIGAN TOPSHIRIQLARNING 
SHAKLI VA HAJMI
 
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish 
darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi 
shakllardan
foydalanish 
mumkin: 

fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash; 

amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish; 

ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash; 

amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali 
savollar va topshiriqlar tayyorlash; 

ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 

uy vazifalarini bajarish va boshqalar. 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa 
shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi 



topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta 
o’ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, talabalarning 
auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish
kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi kerak. 
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. 
Faning xususiyati, talabalarning bilim 
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular 
talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning 
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, 
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy 
adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida 
talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni 
konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga 
taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, 
savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va 
h.k.) o’qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha 
tayyorlangan matn auditoriyada amaliy mashg’ulotlarda himoya qilinadi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə