Davlat byudjeti



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#135132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Давлат бюджети фанидан мустакил таълим 2021 22 2 (3)

Referat 
tayyorlash.
Talabaga 
qiyinchilik 
darajasi 
uning 
shaxsiy 
imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha 
referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari
qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan 
olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar 
yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng 
ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va 
ko’rsatmalar oladi. Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya 
qilinadi. 
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish 
va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar 
(jadvallar, chizmalar, rasmlar, grafiklar, namunalar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. 
Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-
yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba 



tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha 
talabaga topshirish ham mumkin. Talaba ko’rgazmali materiallardan foydalanish 
bo’yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va auditoriyada amaliy 
mashg’ulotda himoya qiladi. 
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriq-
lar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har 
xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish 
topshiriladi. Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va 
uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli 
savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, 
topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. Maslahat soatlarida 
bajarilgan ishlarning qo’yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat 
qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin). 
Test, savol va topshiriqlar majmuasi auditoriyada amaliy mashg’ulotda himoya 
qilinadi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə