Malakaviy amaliyot kundaligi



Yüklə 307,12 Kb.
səhifə1/44
tarix11.12.2023
ölçüsü307,12 Kb.
#144065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Kundalik 4-oylik





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIM
JISMONIY MADANIYAT YO‘NALISHI
_____ GURUH TALABASI

___________________________________________________________________

MALAKAVIY AMALIYOT KUNDALIGI


Farg‘ona-2023
Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari
Pedagogik amaliyotining maqsadi – ta’lim muassasalarida o‘quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish bo‘yicha amaliyotda talabalarning kasbiy-metodik bilim va malakalarni shakllantirish, pedagogik faoliyatga yo‘naltirish, ularni har qanday o‘quv tarbiyaviy ishlarni mustaqil bajarishga tayyorlashdir.


Pedagogik amaliyotning vazifalari:

  • amaliyotchi talabalarni o‘qituvchi, ustoz, guruh murabbiysi va tarbiyachilarning asosiy faoliyatlari bilan tanishtirish hamda ularni to‘gri bajarish ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • o‘qituvchi, ustoz va guruh murabbiysi rolida talabalarni mustaqil ravishda pedagogik faoliyatga moyilligini o‘rganish va uni amalga oshishiga yordam berish;

  • talabaning kasbiy-pedagogik faoliyatini amalga oshirib, ularda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va mustahkamlash;

  • talabalarda o‘qituvchilar va ularning ota-onalari, ustoz-o‘qituvchilar bilan bo‘ladigan muomala madaniyatining shakllanishiga, ziddiyatli vaziyatlardan oson chiqa olish kabi xislatlarni egallashlariga yordam berish;

  • ijtimoiy-siyosiy, pedagogik-psixologik va maxsus fanlarni, maxsus bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, hamda boyitish, ma’lum pedagogik masalalarni hal qilishda ulardan foydalanish;

-talabalarda mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘qituvchilik kasbiga qiziqish va muxabbatni, o‘z pedagogik malakasini oshirib borishga ehtiyojni tarbiyalash;
-o‘quv-tarbiya muassasalardagi ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda qatnashish;
-talabalarni mutaxassislik fanlariga qiziqtirish asosida o‘zlari tanlagan kasblariga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirish, pedagogik faoliyatga ijodiy yondashishni tarkib toptirish.

  • Talabalarga pedagogik amaliyot davrida auditoriyada olib boriladigan o‘quv tarbiyaviy ishlarga o‘rgatish;

  • darsni pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qilish;

  • o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, ko‘nikmalarni hosil qilish.




Yüklə 307,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə