2-mavzu: algoritm turlari. Algoritmlash jarayoni asosiy savollar



Yüklə 203,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix11.10.2023
ölçüsü203,51 Kb.
#127172
  1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu



2-MAVZU: ALGORITM TURLARI. ALGORITMLASH JARAYONI 
Asosiy savollar: 
1. Model va modellashtirish tushunchalari. 
2. Algoritm va algoritmlash tushunchalari. 
3. Masalani kompyuterda echish bosqichlari. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Model, modelning turlari, fizik 
model, biologik model, abstrakt model, modellashtirish, matematik model tuzish 
usullari, algoritm, algoritmning berilish usullari, algoritmning xossalari,algoritmning 
turlari,blok sxema, algoritmik til, masalani kompyuterda echish bosqichlari.
 
1-asosiy savolning bayoni: 
Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olinib, o‘lchov, me’yor degan ma’nolarni 
bildiradi. Model deganda biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining obrazi yoki namunasi 
tushuniladi. Masalan, Erning modeli deb globusni, osmon va undagi yulduzlar modeli 
deb planetariy ekranni, har bir odamning modeli sifatida esa pasportidagi suratini olish 
mumkin. 
Model tuzish jarayoni modellashtirish deb ataladi. Modellashtirish deganda biror 
ob’ektni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va hodisalarning 
modellarini yasash va o’rganish tushuniladi. 
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanlari keng foydalanmoqda. U ilmiy-
tadqiqot jarayonini engillashtiradi, ba’zi hollarda esa murakkab ob’ektlarni 
o’rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob’ekt, olisda joylashgan 
ob’ektlar, juda kichik hajmdagi ob’ektlarni o’rganishda modellashtirishning ahamiyati 
beqiyosdir. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisodiyot 
fanlarida ob’ektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham 
foydalaniladi. 
Modellarni tanlash vositalariga qarab ularni uch guruhga ajratish 
mumkin:abstrakt, fizik va biologik. 
Narsa yoki obektni xayoliy tasavvur qilish orqali formula va chizmalar 
yordamida o’rganishda qo‘llaniladigan model abstrakt model hisoblanadi. Abstrakt 
modelni matematik model deb atasa ham bo’ladi. Shuning uchun abstrakt modelni 
matematik va matematik-mantiqiy modellarga ajratiladi. 
Fizik modellar o‘rganilayotgan ob’ektni kichiklashtirib yasash yordamida 
tadqiqot o‘tkazishda qo‘llaniladigan model hisoblanadi. Fizik modellarga 
ob’ektlarning kichiklashtirilgan maketlari, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va 
boshqalar misol bo’ladi. Fizik modellardan samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES 
va boshqa ob’ektlarni o’rganish yoki ularni yaratishda qo’llaniladi. 


Biologik model turli tirik ob’ektlar va ularning qismlari – molekula, hujayra, 
organizm va boshqalarga xos biologik tuzilish, funktsiya va jarayonlarni 
modellashtirishda qo’llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan 
ma’lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko‘rish imkonini 
beradi. 
Matematik model deb, o‘rganilayotgan ob’ektni matematik formula yoki 
algoritm ko’rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funktsional bog’lanishga 
aytiladi. 
Kompyuterlar yaratilgandan boshlab matematik modellashtirish jarayoni 
alohida ahamiyatga aga bo‘lib kelmoqda. Matematik modellashtirishdan murakkab 
texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish hamda ularni kompyuterlar yordamida 
qayta ishlashda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida ob’ekt, ya’ni 
haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi maematik model ustida tajriba 
o’tkazila boshladi. 
Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini 
yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar bilan 
bog’liq bo‘lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik 
modellashtirish uslubining samaradorligini tasdiqlaydi. 
Matematik model tuzish to’rt bosqichda amlaga oshiriladi: 
Birinchi bosqich – modelning asosiy ob’ektlarini bog’lovchi qonunlarni 
ifodalash. 
Ikkinchi bosqich – modeldagi matematik masalalarni tekshirish. 
Uchinchi bosqich – modeldan olingan nazariy natijalarni amaldagi kuzatish 
natijalariga mos kelishini aniqlash. 
To’rtinchi bosqich – o‘rganiladigan ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni jamlash, 
tahlil qilish va rivojlantirish. 
Matematik model tuzish uchun dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala 
mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So’ngra kattaliklar orasida formula yoki 
algoritm ko’rinishida yozilgan funktsional bog’lanish hosil qilinadi. Masalan, jismning 
tezligini ifodalash uchun quyidagi matematik modeldan foydalaniladi:

Yüklə 203,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə