2-mavzu: algoritm turlari. Algoritmlash jarayoni asosiy savollar



Yüklə 203,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix11.10.2023
ölçüsü203,51 Kb.
#127172
1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu

Aniqlik (tushunarlilik) xossasi
– algoritmning har bir ko’rsatmasi bajaruvchi 
uchun aniq va tushunarli bo’lishi kerak. 
Ommaviylik xossasi
– algoritmdagi berilgan ko’rsatmalar barcha uchun bir xil 
bo’lishi, berilgan ko’rsatmalar har qanday masalani echish uchun qo’llaniladigan 
umumiy qonun-qoidalardan chetga chiqmasligi kerak.
Diskretlik xossasi
– algoritmda berilayotgan ko’rsatmalar chekli qadamlardan 
iborat bo’lishi zarur. Har bir berilayotgan ko’rsatmalar bo’laklangan alohida 
qismlardan iborat bo’lishi va har biri alohida ma’noga ega bo’lishi kerak. 


Natijaviylik xossasi
– tuzilayotgan har bir algoritmda berilgan masalaning 
natijasi qanday ko’rinishda chiqarilishi aniq ko’rsatilishi kerak. 
Algoritmlarning berilishi yoki ularni tasvirlash usullari quyidagilardan iborat 
bo’ladi: 

Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi. 

Algoritmning formulalar yordamida berilishi. 

Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi. 

Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. 

Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi. 

Algoritmning grafik (geometrik sxemalar) shaklida tasvirlanishi. 
Ko‘pchilik hollarda masalani echish uchun berilgan ko‘rsatmalar va buyruqlar 
ketma-ketligini tasvirlashda algoritmlarning quyidagi grafik shakllardan ya’ni 
sxemalar blokidan foydalaniladi: 
Berilgan masalaning ko’rinishiga qarab, algoritmlarning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: 

Chiziqli algoritmlar. 

Tarmoqlanuvchi algoritmlar. 

Takrorlanuvchi algoritmlar. 
Chiziqli algoritmlar – oddiy ko’rinishdagi hech qanday shartlarga bog’liq 
bo’lmagan va tartib bilan faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga tuziladigan 
algoritmlardir. 
Tarmoqlanuvchi algoritmlar – biror shartga muvofiq bajariladigan ko’rsatmalar 
bilan tuziladigan algoritmlardir. 
Takrorlanuvchi algoritmlar – ko’p marta takrorlanadigan qismni o’z ichiga olgan 
va biror shart bajarilguncha davom etadigan algoritmlardir. 
Yuqoridagi sxemalar bloki elementlaridan foydalanib, algoritm turlarining 
namunaviy ko’rinishlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 



Yüklə 203,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə