Buyuk britaniyaning aholisi, mehnat resurslari



Yüklə 29,34 Kb.
səhifə1/4
tarix29.05.2023
ölçüsü29,34 Kb.
#113989
  1   2   3   4
BUYUK BRITANIYANING AHOLISI




BUYUK BRITANIYANING AHOLISI, MEHNAT RESURSLARI


R E J A :
1. Buyuk Britaniyaning aholisi, tarkibi va tabiiy ko’payishi.
2. Buyuk Britaniyaning mehnat resurslari, shahar urbanizatsiyasi darajasi.
3. Buyuk Britaniyaning urf-odatlari,bayramlari va t a`lim tizimi.

Buyuk Britaniyaning aholisi, tarkibi va tabiiy ko’payishi.
2011 yil holatiga ko’ra Buyuk Britaniya aholisi soni 63 181 775 (63.230 000) kishi., jumladan Angliyada 53 012 456 kishini, SHotlandiyada 5 295 000 kishini, Uelsda 3 063 456 kishini, SHimoliy Irlandiyada 1 810 863 kishini tashkil qilgan.



Angliyaliklar

SHotlandlar

Uelsliklar

SHimoliy Irlandiyaliklar

83.6%

8.6%

4.9%

2.9%

Buyuk Britaniya aholisi 1801 yilda 16 mln 300 ming kishini, 1901 yilda 41 mln 600 ming kishini, 2001 yilda 58 mln 800 ming kishini va 2015 yilda 65 mln kishini tashkil qilmoqda.


Qo’shma Qirollik aholisining uzoq ajdodlari “Kelt”lar bo’lgan (faqat shotlandlar igel piktlaridan, keyinchalik keltlar bilan qo’shilib ketgan.)
Hozirda esa Buyuk Britaniyaning aholisinig asosiy qismini angliyaliklar tashkil qilib, ular asosan Angliyada, Uelьsning ko’p qismida va SHotlandiya janubiy qismining bir qancha hududlarida yashaydilar. SHotlandiyaliklar asosan SHotlandiyada, ya’ni Buyuk Britaniya orolining shimoliy g’arbiy qismida va unga qo’shni bo’lgan SHotlandiya, Orkney va Gebrid orollarida istiqomat qiladi. Orolning shimoli- g’arbiy qismidagi tog’larida esa o’ziga xos urf odatlarini va madaniyatini saqlab qolgan etnik guruh – gellar yashaydi. Velliklar asosan Uelsda ko’proq uchraydi. SHimoliy Irlandiyada 500 ming kishi tub aholi, ya’ni irlandlar (katolik), shu bilan birgi 1 milliondan ko’proq Anglo-irlandlar va shotlandlar yashaydi.
Buyuk Britaniyada turli irq vakillari yashaydi. Ulardan oq tanlilar – 92.1% (54 153 898 kishi) jumladan, britaniyaliklar shu ko’rsatgichning 85.7% (50 336 497 kishi) ini tashkil qiladi.
Aholining asosiy etnik guruhlari



Millati

% hisobida

Soni (ming kishi hisobiga)

Irlandliklar

1.2%

691. 232

Hindlar

1.8%

1. 053 411

Pokistonliklar

1.3%

747. 285

Qo’shilgan irqlilar

1.2%

677. 117

Bengalliklar

0.5%

283.063

Osiyoliklar (Xitoydan tashqari)

0.4%

247.644

Afikaliklar

0.8%

565.277

Karib xavzasi vakillari

0.8%

485.277

“Qora” tanli boshqa millat vakillari

0.2%

97.585

Xitoyliklar

0.4%

247.403

va boshqalar

0.4%

230.615

Buyuk Britaniya aholisini oq tanli bo’lmaganlarining 45%i Londonda yashaydi.


Ingliz tili german tillarining shimoliy g’arbiy guruhiga kiradi. Angliyaliklardan tashqari shotlandlar va valliy (Uels) larning ko’p qismi “Kelt”lardan kelib chiqqan bo’lsada ingliz tilida so’zlashadilar.
Hozirgi vaqtda qirollikda aholi sonining o’sishi nisbatan past,
sababi tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlarining yaqinligi va emigratsiya ijobiy saldosining pasayishidir.
Aholining band qismini erkaklar -13,6 mln.kishi, ayollar esa deyarli 2 baravar kam ya’ni – 7,6 mln.kishini tashkil qiladi. Aholining davlat iqtisodiy hayotida ishtirok etadigan qismining o’rtacha yoshi 35-40 yoshni tashkil qilib, biroq millatning “qarishi” sababli bu ko’rsatkich 45-60 yoshga yetmoqda.
Aholi yoshining tarkibi: 0-14 yoshgacha bo’lgan bolalar 17.2%ni, 15-64 yoshgacha bo’lganlar 67%ni, 65 va undan yuqori yoshdagilar 15.8% ni tashkil qiladi.
Aholining o’rtacha yoshi 39.6 yoshni, jumladan erkaklar 38.5 yosh, ayollar 40.7 yoshdir.
Hayotning o’rtacha davomiyligi 78.7 yoshni , jumladan erkaklar 76.2 yosh, ayollar 81.3 yosh. Yillik o’sish tempi -0.275% na tashkil qiladi.
Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, SHeffild, Lids, Kardiff, Belfast, Edinburg va boshqalar.
Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, SHeffild, Lids, Kardiff, Belfast, Edinburg va boshqalar.

Yüklə 29,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə