Buyuk britaniyaning aholisi, mehnat resurslari


Buyuk Britaniyaning urf-odatlari



Yüklə 29,34 Kb.
səhifə3/4
tarix29.05.2023
ölçüsü29,34 Kb.
#113989
1   2   3   4
BUYUK BRITANIYANING AHOLISI

Buyuk Britaniyaning urf-odatlari, bayramlari vat a`lim tizimi.
Buyuk Britaniyaning madaniyati, urf odatlari juda boy davlat. Har yili CHelsida butun dunyoga mashhur gul festivali, Edinburgda esa musiqa-drama festivali, Londonda esa Karib musiqa festivallari o’tkaziladi. SHu bilan birga Buyuk Britaniyaning urf-odatlariga talabalarning “qayiq poygasi”, “Ot poygasi”, “Futbol chempionatlari”, “Halqaro tennis” , “Qirollik Regata” va “12 iyul”(1690yildan-SH. Irlandiyada nishonlanadi) kiradi.
Asosiy rolni “Rojdestvo” urf-odatlari, ya’ni, “Rojdestvo” boshlanishi bilan qishloqlarda “SHamlar kechasi” o’tkaziladi va “Rojdestvo” otkritkalari tarqatiladi. Bu kunda Angliyada tushlikka kurka gushtini pishirilishi, Uelьs va Irlandiyada qovurilgan g’oz go’shti, SHotlandiyada dudlangan g’oz go’shti va butun Qirollik davlatlarida “Plum-puding” deb nomlangan taomni iste’mol qilinishi ham ahamiyatga ega. “Rojdestvo” odatlaridan biri Londonning markaziy maydoni – Trafalgarga katta archani o’rnatilishi. Bu archani har yili Buyuk Britaniyaga Norvegiya Qirollik uyi hadya qiladi.
“Rojdestvo” bayrami 24 dekabrning oqshomida boshlanib, u oilaviy bayram hisoblanadi. 26 dekabr kuni esa “Sovg’alar kuni”ni nishonlaydilar. Bu kunda hamma yaqinlari va qarindoshlarini ko’rishga borishadi.
SHotlandiyada yilning eng katta bayrami “Xogmeney” – yangi yildan bir kun oldin nishonlanadi. 5 noyabr kunida ham Britaniyaliklar “Gay Foks kechasi” deb nomlangan bayramni nishonlaydilar. U o’ziga xos tarixga ega. 1605 yil shu kunda “Gay Foks” parlament binosini portlatib, qirol Jnyms I ni o’ldirmoqchi bo’ladi, biroq qirol soqchilari bombani topadilar va Gay Foksni Tauerda hibsga olib, boshini tanasidan judo qiladilar. SHu kundan boshlab Britaniyaliklar gulxanda eski kiyim va pichandan qilingan odam ko’rinishidagi qo’g’irchoqni yoqib “Feyerverk” uyushtiradilar.
Bahor fasli ham qiziqarli bayramlarga boy. 17 mart kuni “ Avliyo-Patrik kuni” – ya’ni irlandlarning diniy bayrami bo’lib, bu kunda butun Britaniyada irlandlar folьklor musiqasi bilan milliy festivallar o’tkaziladi. 1 aprel kulgidan boshlanadi, odamlar turli xil “Hazillar” , “Latifa”lar aytadilar.
Angliyaliklar o’z Qirolichasini juda yaxshi ko’radilar, shu sababli uning tug’ilgan kuni- “21 aprel” butun davlat miqyosida bayram sifatida keng nishonlanadi. Hamma tele-radio kanallar, ommaviy axborot vositalari orqali tabriklar yo’llanadi. Biroq Angliyada Angliya monarxining rasman tug’ilgan kuni 1748 yildan boshlab iyun oyining 2-shanbasiga to’g’ri keladi. Bu kun bayramona parad o’tkazilib, unda harbiy qo’shinlar bayroqni ko’rgazmali tarzda maydondan olib o’tishadi va kun yakunida yuqori qatlam vakillari uchun “Bazm” uyushtiriladi.
Yana bir bahor bayrami butun xristian xalqi nishonlaydigan “Pasxa”sidir. “Pasxa” kuni yildan yilga o’zgaradi, asosan mart yoki aprel oyiga to’g’ri keladi.
Yoz fasli ko’p bayramlardan tashkil topmagan bo’lsada, avgust oyining oxirgi kunlariga 2 muhim sana o’zgacha ahamiyatga ega.
Bular: Avgust dam olish kuni - oyning so’nggi dushanba kuni nishonlanib rasman “dam olish kuni” deb e’lon qilinga va bu kuni mahalliy halq oila davrasida tabiat qo’ynida o’tkazishga harakat qilishadi.
Ikkinchi sana – “Notting Xill Karnavali” bo’lib, u oyning eng so’nggi yakshanbasida nishonlanadi. Ushbu bayram 2 kun davom etib kun davomida musiqa ovozlari jaranglab, mahalliy aholi turli ko’rinishdagi liboslar kiyishga harakat qilishadi. Odatda mashhur muzikantlar ko’chalarda shoular o’tkazadi,
Angliyaliklarning bayramlaridan yana bari “Xellouin”dir. U 31 oktyabrda nishonlanadi, bu kun rasman dam olish kuni deb e’lon qilinmagan bo’lsada, aholi bu bayramni juda faol nishonlaydi. Britaniyaliklar bu kuni o’z uylarini bezaydilar, yorqin rangdagi kostyumlar kiyib qo’shnilarnikiga shirinlik so’rab chiqadilar. Bu bayramning timsoli yuz qiyofasida kesilgan qovoq bo’lib, uni ichiga sham solinadi va xalq orasida “Jek” yoritkichi degan nom olgan.
Bahor fasli ham qiziqarli bayramlarga boy. 17 mart kuni “ Avliyo-Patrik kuni” – ya’ni irlandlarning diniy bayrami bo’lib, bu kunda butun Britaniyada irlandlar folьklor musiqasi bilan milliy festivallar o’tkaziladi. 1 aprel kulgidan boshlanadi, odamlar turli xil “Hazillar” , “Latifa”lar aytadilar.
Angliyaliklar o’z Qirolichasini juda yaxshi ko’radilar, shu sababli uning tug’ilgan kuni- “21 aprel” butun davlat miqyosida bayram sifatida keng nishonlanadi. Hamma tele-radio kanallar, ommaviy axborot vositalari orqali tabriklar yo’llanadi. Biroq Angliyada Angliya monarxining rasman tug’ilgan kuni 1748 yildan boshlab iyun oyining 2-shanbasiga to’g’ri keladi. Bu kun bayramona parad o’tkazilib, unda harbiy qo’shinlar bayroqni ko’rgazmali tarzda maydondan olib o’tishadi va kun yakunida yuqori qatlam vakillari uchun “Bazm” uyushtiriladi.

Yüklə 29,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə