Целью исследования



Yüklə 16,45 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü16,45 Kb.
#164093
RUSCHA REZYUME AXMADALIYEVA




ВВЕДЕНИЕ (аннотация диссертации доктора философии (PhD))


Целью исследования pragmatonimlarning nazariy masalalarini yoritish, ularning onomastik ko‘lamdagi o‘rnini belgilash va amalda qo‘llanishda bo‘lgan pragmatonimlarni lisoniy tadqiq etishdan iborat.
Предметом исследования pragmatonimlarning nominatsion-motivatsion, lug‘aviy-ma’noviy va pragmatik xususiyatlari, tuzilish va yasalish modellari tashkil etadi.
Методы исследования. Dissertatsiyada lingvistik tavsiflash va tasniflash, statistik va etimologik tahlil, shuningdek, qiyosiy-chog‘ishtirma hamda antropotsentrik tadqiq usullaridan foydalanilgan.
Научная новизна исследования состоит из следующих:
pragmatonimlarning funksiyalari, brend elementlari tahlil qilingan, hozirda iste’molda bo‘lgan mahsulot va xizmat nomlarining lug‘aviy qatlamida, asosan, chet tili (ingliz), sho‘rolar davrida esa rus tilining ta’siri kuchli bo‘lganligi aniqlangan;
antroponim, toponim, kosmonim, mifonim kabi atoqli otlar va apellyativ leksika asosida yuzaga kelgan pragmatonimlar nomlanishining ijtimoiy, siyosiy, lisoniy jihatlari davrning tarixiy, iqtisodiy, madaniy, mafkuraviy sharoitlariga asoslangan holda dalillangan;
pragmatonimlar leksik-semantik jihatdan tasniflangan; uslubiy-pragmatik xususiyatlari yoritilgan; pragmatonimlarning etimologiyasi, strukturasi va yasalish modellari aniqlangan;
mahsulotning umumiy nomiga, ya’ni turdosh otga aylangan pragmatonimlar aniqlangan; ergonim va pragmatonim munosabati yoritilgan; pragmatonimlarning reklama matnlarida aks etishi, mashhur brend nomlarida qo‘llangan shiorlarning lisoniy xususiyatlari tahlil qilingan, ularning aksariyati idiomalardan iborat ekanligi dalillangan.
Внедрение результатов исследования. Pragmatonimlarni sistem-struktur va antropotsentrik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pragmatonimlarning funksiyalari, brend elementlari, hozirda iste’molda bo‘lgan mahsulot va xizmat nomlarining lug‘aviy qatlamida, asosan, chet tili (ingliz) tilining ta’siriga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekistondagi Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari filiali tomonidan 2020-2023-yillarda bajarilgan ESN 400678-raqamli “English Speaking Nation: Coaches Program” xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari filialining 2022-yil 10-iyundagi 22-245-son ma’lumotnomasi). Natijada brend nomlarining ma’nosi va yasalish modellariga oid ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan lug‘atlarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
mahsulotning umumiy nomiga, ya’ni turdosh otga aylangan pragmatonimlar, ergonim va pragmatonim munosabati, pragmatonimlarning reklama matnlarida aks etishi, mashhur brend nomlarida shior sifatida qo‘llangan idiomalarning lisoniy xususiyatlariga doir xulosalardan muallifning 5111400 – ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Teaching intercultural communication” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 9-sentabrdagi 332-sonli buyrug‘iga asosan 302-0490-raqamli ruxsatnoma). Natijada idiomalarning brend nomlari tarkibida shior sifatida qo‘llanilishiga doir fikr-mulohazalar o‘quv qo‘llanma materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
antroponim, toponim, kosmonim, mifonim kabi atoqli otlar va apellyativ leksika asosida yuzaga kelgan pragmatonimlar nomlanishining ijtimoiy, siyosiy, lisoniy jihatlari davrning tarixiy, iqtisodiy, madaniy, mafkuraviy sharoitlariga asoslanishiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Ma'naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarning ssenariylarini tayyorlashda (2022-2023 yillarda) samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 15-maydagi 04-36-759-501-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan yosh avlodni xalqimizning buyuk moddiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.
Апробация результатов исследования. Tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruza ko‘rinishida bayon etilgan hamda aprobatsiyadan o‘tkazilgan.
Публикация результатов исследования. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 18 ta ilmiy ish chop etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 12 ta maqola, ulardan 7 tasi respublika hamda 5 tasi xorijiy jurnallarda, jumladan 1 tasi Scopus bazasidagi jurnallarda nashr etilgan.
Структура и объем диссертации. Содержание диссертации состоит из введения, трех глав, заключения, списка использованной литературы и приложений. Общий объем диссертации состоит из 131 страниц.
Yüklə 16,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə