Образование и инновационные исследования



Yüklə 40,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü40,88 Kb.
#166875
  1   2   3
2311-Текст статьи-6369-1-10-20230422



Образование и инновационные исследования (2023 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
207
http://interscience.uz
HUSAYN VOIZ KOSHIFIYNING HAYOT YO‘LI VA PEDAGOGIK 
MEROSI
Kutlimuratova Nargiza Rustamovna 
(Urganch davlat ubiversiteti katta o`qituvchi)
Annotatsiya: Mazkur maqolada qomusiy bilim egasi bo‘lgan Husayn Voiz 
Koshifiyning xayoti va ijodi, pedagogik karashlari yoritilgan. Shuningdek, 
mutafakkirni ilmiy merosi bugungi globallashuv davrida ham muhim tarbiyaviy 
ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan. 
ЖИЗНЕННО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ ХУСЕЙНА ВОЙЗА 
КОШИФИ
Кутлимуратова Наргиза Рустамовна 
(старший преподаватель Ургенчского государственного университета)
Аннотация: В данной статье освещаются жизнь творчество и 
педагогические взгляды обладателя энциклопедических знаний Хусейна Вайза 
Кошифи. Также обосновывается, что научное наследие мыслителя имеет 
важное воспитательное значение даже в сегодняшнюю эпоху глобализации.
LIFE AND PEDAGOGICAL HERITAGE OF HUSEIN VOYZ KOSHIFI
Kutlimuratova Nargiza Rustamovna 
(Senior Lecturer, Urgench State University)
Annotation: In this article, the life and work of Husain Vaiz Koshifi, the owner 
of encyclopedic knowledge, and pedagogical views are covered. Also, it is justified 
that the scientific heritage of the thinker has an important educational value even in 
today’s era of globalization. 
Kalit so‘zlar: Husayn Voiz Koshifiy, ilmiy meros, axloq, odob, tarbiya, 
insonparvarlik, maʼnaviy meros.
Ключевые слова: Хусейн Вайз Кошифи, научное наследие, равственность, 
нравы, образование, гуманизм, духовное наследие.
Key words: Husayn Vaiz Koshifi, scientific heritage, morals, manners, education, 
humanitarianism, spiritual heritage.
Husayn Voizi Koshifiy XV asrda fors-tojik adabiyotining mashhur shaxslaridan 
biri sanaladi. Husayn Voizi Koshifiy nomi XV asr fors fan va adabiyotining mashhur 
namoyandalari Jomiy, Nishopuriy, Davlatshohi Samarqandiy, Ismat Buxoroiy va 
boshqalar qatorida tilga olingan. Uning, ayniqsa, insoniy odob-axloqni targ‘ib qilish 
va targ‘ib etishdagi tutgan o‘rni barchaning eʼtiboriga, olqishiga sazovor bo‘ldi.
Kamoliddin Husayn Voiz ibn Ali 1420 yilda Sabzavorning Bayhaq tumanida 
tug‘ilgan. Boshlang‘ich taʼlimni o‘z shahrida olgan va Mashhadda ilm-fanini 
takomillashtirgan. U xatotlik sanʼati, shariat ilmlari, tafsir va hadis, adabiyot, tarix, 
axloq, matematika, munajjimlik, kimyo kabi fanlar bo‘yicha mohir usta bo‘lgan. Bu 
haqda Xondamir o‘zining “Habibus-siyar” asarida shunday yozadi: «Voiz nujum ilmi 
va inshoda o‘z zamonasining yagonasi edi va ko‘p ilmlar bo‘yicha namunalar yaratib. 
Asosli gaplar aytib.haqli daʼvolar qilardi. Chiroyli ovoz va dilkash ohangda vaʼz va 
nasihatlar bilan shug‘ullanardi...». [2].
Koshifiy hali yoshligida rasmiy taʼlim olgandan so‘ng voizlikni tanlagan va 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2023 йил №1)
ISSN 2181-1709 (P)
208
Education and innovative research 2023 y. №1
1455-1468 yillarda Mashhadning Nishopur shahrida professional vaʼzgo‘y bo‘lib 
yashagan. Keyin Hirotga borib, oxiratda uy qurgunicha shu shaharda qoladi. Mavlono 
Husayn Jomiy va Navoiyning do‘sti edi. Shuning uchun ham Husayn do‘stlik, mehr 
va hamkorlik uchun o‘zining ikkita tafsiri “Mavohibun aliya” yoki “Tafsiri Husayniy” 
va “Javohir-ut-tafsir”ni Alisher Navoiyga bag‘ishlagan. Koshifiyning o‘ziga xos 
yana bir jihati u juda kuchli va taʼsirli notiq edi. Manbalarda Alisher Navoiy o‘zi 
yozgan madhiya yoki marsiyalarini faqat unga o‘qitibgina ko‘ngli taskin topgani 
haqida maʼlumotlar uchraydi. Chunonchi, Jomiy vafotiga Navoiy yozgan quyidagi 
marsiya bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. «Ul jumladin huruf roqimi bu marsiya bilan 
tarixni aytib, yili oshi tortarda sultoni Sohibqiron (Husayn Bayqaro) oliy majlislarida 
o‘tkardi va hukm bo‘ldikim, mavlono Husayn Voiz minbar ustida o‘qidi ...». [1]. 
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan shunday fikrga kelish mumkinki, Voiz 
Koshifiyning nafaqat ilmi, balki uning odobu axloqi ham yuksak darajada bo‘lgani 
uchun Alisher Navoiy va Husayn Bayqarolar uni hurmat va ehtirom qilib, o‘z 
majlislarida uning vaʼz - nasihatlarini tinglaganlar. Bu borada Mirsaid Sharif Roqim: 
«Mavlono Kamoliddin Husayn Ali Voiz Koshifiy baland ovozda yaxshi vaʼz qilgani 
uchun olimlar va fozillar o‘zlarining xos majlislarida uni taklif qilishar edi” , - deb 
yozadi. [2].
Mavlono Husayn Voizi Koshifiyning adabiy va ilmiy merosi keng va cheksiz 
qamrovga ega. Bu qimmatli asarlar qatorida Andar turli fanlar: axloq, tarix, tasavvuf, 
munajjimlik, matematika, fiqh va boshqa ilmlarni qamrab olgan bo‘lib, Malikushshuaro 
Bahor o‘zining “Sabkshindat” asarida ularning soni qirqdan ortiq ekanligini taʼkidlab. 
nomlarini alohida tilga olgan. Mavlono Husayn mashhur fors-tojik mufassirlaridan 
biri bo‘lib, u ikki tafsir: “Tafsiri Zahrovayn” va “Tafsiri Husayniy” bilan mashhur. 
Har ikki asar ham fors talqinidan ilmiy nasrning eng yaxshi namunalari sifatida eʼtirof 
etilgan. Husayn Voiz sanʼat ilmining yaxshi biluvchisi sifatida “Badoyeʼ ul-afkor” 
asarini yozgan. Bu asar muqaddima, 2 bob va xulosadan iborat bo‘lib, badiiy sanʼat 
va sheʼr bayoni haqida so‘z boradi. Ushbu asarning matni kirish va atamalar ro‘yxati 
bilan 1977 yilda Moskvada nashr etilgan. 
“Maxzan-ul-insho” maktub va bitik yozish usullari haqida bo‘lib, saroy ulamolari 
uchun qo‘llanma yoki mashq sifatida yozilgan bo‘lib, unda o‘tgan davr va o‘tgan davr 
adiblarining kechinmalari,topilmalari sarhisob qilinadi. “Maxzan-ul-insho”da xat 
yozish masalasi va qabul qilingan va ommabop yondashuv va uslub izohlanadi, ibora 
va talqinlar, rasmiy xatlarda qo‘llanilgan qolip so‘z va sheʼr parchalari keltiriladi. 
Husayn Voizning fors-tojik nasri rivojida qimmatli xizmatini isbotlagan bir qancha 
asarlari bor. Jumladan, “Futuvvatnomai Sultoniy” Husayn Voiziy Koshifiyning eng 
qimmatli taʼlimoti va axloqiy asari bo‘lib, u avvalgi “Futuvatnoma” asosida yaratilgan. 
Asar muqaddima va 10 bobdan iborat bo‘lib, futuvat asoslarini, yigitlar yondashuvini 
yoritish nuqtai nazaridan adabiyotimiz tarixidagi eng mukammal targ‘ibot asari 
hisoblanadi, chunki Husayn Voiz asarda barcha tafsilotlarga eʼtibor beradi. 
Husayn Voiz Koshifiy asarlarini o‘z davrining ilmiy tili – fors tilida yozgan bo‘lib, 
undan ko‘pgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, 
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, 
musiqa, voizlik, sheʼr sanʼati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan ortiq 
asar yozganligi manbalardan maʼlum. Koshifiyning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik va H. Sulaymonov nomidagi 
Qo‘lyozmalar institutlarida 45 nomdagi asarlarining 197 qo‘lyozma va 75 tosh bosma 
nusxalari saqlanmoqda. 
Bundan tashqari u o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan iloxiyotchi olimi bo‘lib, 



Yüklə 40,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə