“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü18,93 Kb.
#145922
  1   2   3   4   5   6
“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili-fayllar.org


“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili

“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili

Daromadning o`zgarishi byudjet chizig`ini o`ziga parallel ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o`zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Xuddi shunday siljishlar ne′matlar narxi bir xil o`zgarganda ham sodir bo`ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi. Xuddi shunday narxlarning o`sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig`i pastga-chapga suriladi.


Real daromadning o`sishi natijasida byudjet chizig`i A1, A2 , A3,..., An holatlarga ketma-ket suriladi (7.1-rasm).

X1 X2 X3 X4 X5 X

“Daromad-iste′mol” chizig`i

Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste′molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi: E1,E2,E3,...,En . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks ―daromad-iste′mol‖ chizig`i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda ―turmush darajasi chizig`i‖ deb ham ataladi.


Agar ―daromad-iste′mol‖ chizig`i koordinata boshidan 450 burchak ostidagi to`g`ri chiziqdan iborat bo`lsa, daromadning o`sishi, iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlari bir xil nisbatda o`sadi. Agar iste′molchi ne′matlarni har xil nisbatda xarid qilsa, W chizig`ining yotiqligi o`zgaradi. 7.1-rasmdagi koordinata boshida Y tovarni xarid qilish X tovarga nisbatan tezroq sur′atda o`sadi, keyinchalik Y tovarni xarid qilish susayib, X tovar bilan barqarorlashadi.
XIX asrdayoq real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo`lib daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi (7.2-rasm).

Gorizontal o`q bo`ylab iste′molchi daromadini (R) va ordinata o`qi bo`ylab xarid qilinadigan tovarlar miqdorini (Q) belgilangan. Iste′molchi ehtiyoji birinchi navbatda kundalik zaruriy ehtiyoj tovarlari (Q1), ikkinchi navbatda standart sifatli sanoat mahsulotlari (Q2) va nihoyat, keyinchalik oliy kategoriyali tovarlar (Q2) bilan to`yinadi. Yana shu holat aniqlanganki, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga talab oshganda ham, kundalik hayotda foydalaniladigan standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning kuchayishi qonuniyati kuzatilgan.



Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə