Dars ishlanmasi (konspekt)



Yüklə 18,54 Kb.
səhifə1/2
tarix01.10.2023
ölçüsü18,54 Kb.
#125106
  1   2
1 sinf u tovush va u u harflari mav


Dars sanasi: Sinf: ______________
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: U tovush va U u harflari.
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga U tovushi va U u harflarini o’rgatish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda odobli bo’lish, kattalarga salom berish ko’nikmalarini shakllantirish

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan ko’rgazmali qurol
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich
Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.



Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
U tovushi va U u harflari haqida tushuncha berish
Sinfdan tashqari o’qish

Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

U harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish
U tovushini talaffuz qildirish

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

Darsning borishi: 1 Tashkiliy qism.
O’quvchilarni darsga tayyorlash.O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash. Sinf tozaligini va navbatchi axborotini tinglash
2 O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:

  • O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?

  • d tovushi bilan tanishgandik

  • d tovushi qanday tovush?

  • d tovushi undosh tovush

  • d harfini harf lentasidan ko’rsating

  • Daraxt so’zini bo’g’inlarga ajratib yozib bering

Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
O’quvchilardan o’rganilgan harflar so’raladi. “Kim ko’p so’z topadi?” o’yini o’tkaziladi. Bolalar d tovushli so’zlardan aytadilar. Ular topgan so’zlarning ba’zilari kesma harflar yordamida tuzdiriladi.

Yüklə 18,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə