Dars ishlanmasi

Yüklə 2,71 Mb.
tarix18.05.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#111150
Fizika 7- sinf Quvvat

Namangan viloyati Uychi tumani xalq ta’lim bo’limiga qarashli 33-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o’qituvchisi
Ergasheva Iqbolxonning 7-sinflar uchun
tayyorlagan
DARS ISHLANMASI

Mavzu: Quvvat.

Mavzu: Quvvat.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilar onggida quvvat , kuch, tezlik hodisasi haqida tasavvurlar hosil qildirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga elektr toki bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni ayni mavzuga va fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Darsda foydalaniladigan kompetensiyalar

  • Tayanch kompetensiya
  • Kommunikativ kompetensiya, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, o’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
  • Fanga oid kompetensiya:
  • 1. Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

Tayanch so’zlar:

quvvat.

Darsning uslubi:
savol-javob, aralash
Darsning jihozi:
tajriba uchun kerakli jihozlar, slaydlar, tarqatma materiallar, AKT.

Darsda foydalaniladigan metodlar:

“Kichik guruhlarda ishlash”, “Modifikatsiyalangan ma’ruza”, “Venn diagrammasi”, «O'ylab top», «Har kim, har kimdan o'rganadi»kabi interfaol metodlar.

Darsning rejasi:

I. Tashkiliy qism 3 daqiqa
II. O‘tilgan mavzuni so‘rash 10 daqiqa
III. Yangi mavzuning bayoni 15 daqiqa
IV. Mustahkamlash 12 daqiqa
V. Darsni yakunlash 3 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

a) salomlashish

b) davomatni aniqlash

s) darsga tayyorgarlik

II.O‘tilgan mavzuni so‘rash

  • 100 g massali jism tik yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otildi. 2 s dan keyin uning kinetik va potensial energiyalari qancha bo‘ladi? Eng yuqori balandlikda jism qanday potensial energiyaga ega bo‘ladi?
  • Kopyor to‘qmog‘i 6 m balandlikdan tushib, qoziqni urganda 18 kJ kinetik energiyaga ega bo‘ladi. Shunday balandlikda to‘qmoqning potensial energiyasi qoziqqa nisbatan qancha bo‘ladi? Kinetik energiyasi-chi? To‘qmoqning massasi qancha?

1-guruh: Quvvat

2-guruh: Tezlik

3-guruh: kuch

1-bosqichda har bir guruh ishtirokchilari o’z nomlari yuzasidan ma’lumotlar aytishadi.

1-bosqichda har bir guruh ishtirokchilari o’z nomlari yuzasidan ma’lumotlar aytishadi.

2- bosqichda “Har kim har kimdan o’rganadi” metodidan foydalanib, o’quvchilar bir-biriga o’tilgan mavzu yuzasidan savollar berishadi

3-bosqich «O’ylab top!» va «Formula ichida formula» o’yinidan foydalaniladi .1-guruh

3-bosqich «O’ylab top!» va «Formula ichida formula» o’yinidan foydalaniladi .1-guruh

2-guruh

3- guruh

3. Yangi mavzuning bayoni.

Bir xil mexanik ishni turli mashina turlicha vaqtda bajarishi mumkin. Masalan, katta kran yerda turgan 10 t g‘ishtni 30 m balandlikka 1 minutda olib chiqishi mumkin. Kichik kran esa shuncha g‘ishtni 2 t dan 5 marta ko‘tarib yuqoriga chiqarishi mumkin. Bunda ikkala kran bir xil ish bajardi, lekin uni bajarish uchun turlicha vaqt sarfladi. Mashina, dvigatel va turli xil mexanizmlarning ish bajara olish imkoniyatini taqqoslash uchun quvvat deb ataladigan fizik kattalik kiritilgan. Bir xil ishni bajaruvchi mashinalardan qaysi biri shu ishni qisqaroq vaqt ichida bajarsa, shunisi quvvatliroq bo‘ladi. Mexanizmning quvvati N vaqt birligida bajargan ishi bilan ifodalanadi:

Transport vositalari ko‘pincha o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanadi. υ tezlik bilan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan avtomobil t vaqt davomida s = υt masofani bosib o‘tadi. Avtomobil o‘zgarmas tezlik bilan harakat qilishi uchun unga harakatga keltiradigan motorning F kuchi ta’sir etib turishi kerak. Bu kuch avtomobilning harakatiga qarshilik qiladigan kuchlarga (turli ishqalanish kuchlariga) miqdor jihatdan teng va qarama-qarshi yo‘nalgandir. Shuning uchun avtomobil s masofani bosib o‘tganida, uning motori bajargan ish A=Fs=Fυt ga teng bo‘ladi. Agar A=Nt ekanligini hisobga olsak, quvvatning quyidagi formulasi kelib chiqadi:

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun «Venn diogrammasi» metodidan foydalanildi.

Bu bosqichda o'quvchilar “Vien diagrammasi”ni tuzish. Tezlikka va quvvat o’xshash va farqli jihatlarini yozish so'raladi.

Bu bosqichda o'quvchilar “Vien diagrammasi”ni tuzish. Tezlikka va quvvat o’xshash va farqli jihatlarini yozish so'raladi.

Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash

Uyga vazifa: Darslikdagi 46-mavzuni o'qish. Mavzu oxiridagi savollarga javob topish va yozish.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə