|
Davlat byudjeti daromadlari
|
səhifə | 1/4 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 10,62 Kb. | | #163200 |
| Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo’lgan -fayllar.org
Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo’lgan ehtiyoji
DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI
REJA
1 Byudjet daromadlari mazmun mohiyati
2 Byudjet daromadlarini tarkibiy tuzilishi
3 Soliqla va soliq tizimi
Byudjet daromadlari davlatni markazlashtirilgan moliyaviy
resurslarining bir qismi bo'lib, davlat^funksiyalarini bajarish uchun
zarurdir. Ular pul mablag'lari fondlarini shakllantirish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlami o'zida ifoda
etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib
tushadi.
Mamlakatlaming davlat tuzilishiga bog'liq ravishda byudjet daromadlari quyidagicha farqlanadi:
1) markaziy (davlat) byudjet(i) daromadlari;
2) unitar (yagona) davlatlardagi mahalliy byudjetlar daromadlarjy'
Federativ (ittifoqchilik) tuzilish(i)ga ega bo'lgan davlatlarda
byudjet daromadlarining bu ikki ko'rinishi federatsiya a’zolari
byudjetlarining daromadlari bilan to'ldiriladi.
’ Byudjet daromadlari davlat daromadlariga nisbatan torroq
darajadagi tushunchadir. Chunki davlat daromadlari hokimiyatning
barcha darajadagi byudjetlarining moliyaviy mablag'lari bilan
birgalikda yana o'zining tarkibiga davlatning byudjetdan tashqari
jamg'armalar va barcha davlat sektoriga tegishli bo'lgan boshqa
resurslami ham qamrab oladi.
Milliy daromadni davlat ixtiyoriga o'tkazish
Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi
davlat hokimiyati organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalanilayotgan metodlarning asosiylari bo'lib hisoblanadi. Bu metodlar
o'rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo'yicha turlicha bo'lib,
mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qaramaqarshiliklaming kuchlilik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va
moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|