Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#151467
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat shakllari tushunchasi12

Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari

Reja:





  1. Davlat shakli tushunchasi, mohiyati va tarkibiy qismlari………………………3

  2. Davlat shakli: tushunchasi va mohiyati…………………………………………5

  3. Davlat shaklining tarkibiy qismlari ularning o’zaro bog’liqligi…………………9

a) Boshqaruv shakli………………………………………………………………...9
b) Tuzilish shakli………………………………………………………………….17
c) Davlatning siyosiy rejimi………………………………………………………29
Davlat shakllari tushunchasi
Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanida eng muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Davlat shakli kategoriyasi davlat mohiyati kategoriyasi bilan bevosita bog’liqdir. Chunki davlat shaklini bilish orqali davlat hokimiyati qanday uyushtirilganligi uning qaysi idoralar orqali amalga oshirilishi, Ushbu idoralarning tashkil etilish tartibi qanday bo’lishi, ularning vakillik muddati, tuzilishi, o’zaro munosabatlari, markaziy organlar bilan ma’muriy-hududiy birliklardagi mahalliy organlar o’rtasidagi o’zaro munosabat, davlat hokimiyati amalga oshirish usullarini bilish mumkin. Bular orqali esa davlatning mohiyatini, ya’ni uning maqsadi, mazmuni va jamiyatning qaysi kuchlari manfaatlariga xizmat qilishni tushunish mumkin. Shu bilan birga mavjud yuridik adabiyotlarda davlat shakli kategoriyasiga ta’rif ishlab chiqishda yakdillik yo’qligini ham ko’rsatib o’tish mumkin.
Mazkur tadqiqot ishining dolzarbligi ham shundaki yuridik adabiyotlardagi davlat shakliga berilgan ta’rifni umumlashtirish va hozirgi zamonaviy davlatlarning mohiyatidan kelib chiqqan davlat shakliga yangicha yondashuvlar asosida ta’rif ishlab chiqishdir. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqillikka erishganidan keyin iz davlatchiligini shakllantira boshladi.
Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: «Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo’q. Dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshash ikkita davlat ham yo’q. Bunday bo’lishi ham mumkin emas.
Har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining holisidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir».
Tabiiyki, biz tanlagan istiqbolli yo’l nihoyatda keng qamrovli bo’lib, uni turli tomondan tahlil va talqin etish mumkin. Demokratiya bosh yo’limiz bo’lsa, davlat bosh isloshotchi, deb e’tirof etildi. Demak, mustaqil milliy davlatchilikni qaror toptirish biz tanlagan yo’lning ustuvor yo’nalishlaridan biri ekan. Biz tanlagan ijtimoiy taraqqiyot jarayonining asosiy belgi, xususiyatlaridan biri davlat boshqaruvi shakliga bog’liqdir.
Bugun biz qanday davlat quryapmiz? Uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy va huquqiy negizlari nimalardan iborat? Biz bunyod etayotgan davlatning mazmun-mohiyati, qiyofasi, shakl-shamoyli qanday bo’ladi, degan savollar tug’ilishi tabiiy hol.
Shu nuqtai-nazardan olganda yuqoridagi savollarga javob berish davlat shakli kategoriyasiga oid masalalarni ilmiy nazariy jihatdan o’rganishni ahamiyatini va dolzarbligini va naqadar zarurligini ko’rsatib turibdi.
Mazkur mavzu MDH mamlakatlari va respublikamizning yetakchi huquqshunos olimlari tomonidan atroflicha o’rganilgan va tadqiqot qilingan. Ular qatoriga O’zbekiston davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va ko’rsatib berish;
O’zbekiston tuzilish shaklining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib berish;
O’zbekistonning boshqaruv shakli bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganish;
O’zbekistonning siyosiy rejimini rivojlanayotgan demokratik siyosat ekanligini asoslash va ko’rsatib berish.

Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə