Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yo



Yüklə 56,9 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü56,9 Kb.
#143642
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
8 mustaqil ish Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
BIZNESNI BOSHQARISH YO’NALISHI
4BB-20 GURUH TALABASI
NAMOZOV SHOHJAHONNING
BYUDJET HISOBI FANIDAN TAYYORLAGAN
R E F E R A T I
Mavzu: Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hamda moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa pul mablag‘lari hisobi


Denov-2023


Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hamda moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa pul mablag‘lari hisobi
R e j a :

1. Byudjet xarajatlari kassa ijrosi haqida tushuncha


2. Kassa muomalalari hisobi


3. Boshqa pul mablag’lari va moliyaviy qo’yilmalar hisobi


Foydalanilgan adabiyotlar:




1.Byudjet xarajatlari kassa ijrosi haqida tushuncha
Byudjetning kassa ijrosi – mamlakat hududida byudjet mablag’lari to’lanishini tashkil etish, ularni saqlash va sarflash, shuningdek hisob va hisobotini yuritish. Byudjet kodeksi‖ga asosan Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag’ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1) byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy byudjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida: asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga; davlat ehtiyojlari uchun yerga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; davlat zahiralarini vujudga keltirishga;
4)kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;
5)rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;
6)davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Respublika byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
1) fan, ta‘lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo’ysunadigan byudjet tashkilotlari bo’yicha);
2) ijtimoiy ta‘minot;
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta‘minlash;
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta‘minlash;
5) davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta‘minlash;
8)iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash;
9)O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
11) qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
12) gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo’ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
1)fan, ta‘lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo’yicha);
2)ijtimoiy ta‘minot;
3)aholini ijtimoiy himoya qilish;
4)Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta‘minlash;
5)iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjet tashkilotlarini saqlash;
6)qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
7)qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning xududiy bo’linmalari Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari depozit schyoti, shuningdek byudjetdan moliyalanadigan tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag’lari kassa xarajatlari ijrosini ta‘minlaydi. Byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari ularning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida yoki uning xududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi byudjetdan ajratilgan mablag’lar qoldiqlari doirasida to’lov topshiriqnomalari bo’yicha amalga oshiriladi. G’azna hisobvarag’idan to’lanadigan byudjetlarning kassa xarajatlari hisobi har bir byudjetdan mablag’ oluvchi yoki xarajatlar yo’nalishi bo’yicha g’aznachilik bo’linmalarida bank ko’chirmalari va unga ilova qilingan to’lov hujjatlar asosida byudjet tasnifining bo’limlari, boblari, paragraflari va moddalari (xarajat turlari, obyekt va kichik obyekti) bo’yicha ochilgan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jixatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo’yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo’ladi. Ya‘ni xarajatlarning vazifa jixatidan tasnifi yordamida Davlat byudjetidan amalga oshirilayotgan xarajatlar Davlatning aynan qaysi vazifasini bajarish uchun amalga oshirilayotganligini aniq belgilab olishimiz mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarni iqtisodiy tasnifi O’zbekiston Respublikasi barcha darajadagi byudjetlari xarajatlarini xo’jalik belgilariga, ishlab chiqarish elementlariga ko’ra farqlashni nazarda tutadi, davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan xarajatlarning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib byudjet xarajatlari yo’nalishlarini belgilab beradi. Davlat byudjetining iqtisodiy xarajatlar tasnifining tuzilmasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

Toifa

Modda va kichik modda

Element

xx

xx

xxx

Iqtisodiy xarajatlar tasnifi toifalar, moddalar va kichik moddalar


kodlarini o’z ichiga olgan 7 raqamdan iborat.
toifa – 2 ta raqam;
modda – 1 ta raqam;
kichik modda – 1 ta raqam;
element – 3 ta raqam.

Yüklə 56,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə