Mavzu: “Byudjet hisobi” fanininga kirish. Faning



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#137070
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu


  1. Mavzu: “Byudjet hisobi” fanininga kirish. Faning mazmuni, predmeti va usullari

Reja:


    1. Fanning mazmuni, predmeti va ob’yekti.

    2. Fanning metodi va uning elementlari.

    3. Byudjet hisobini tashkil etishning xususiyatlari.

    4. Fanning byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.

    5. Byudjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi.

    6. Byudjet hisobining axborot tizimlari xaqida tushuncha va ularning turlari.



    1. Fanning mazmuni, predmeti va ob’yekti.


Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.
Byud hisobi - bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet hisobining predmeti bu byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.

Byudjet tashkilotlarida

Davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalarda

Byudjet hisobining obektlari


Byudjet hisobining obektlari bo’lib, byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (1.1.1-rasm).


Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə