Mavzu: “Byudjet hisobi” fanininga kirish. Faning


-rasm. Byudjet hisobining ob’yektlari



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#137070
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu

1.1.1-rasm. Byudjet hisobining ob’yektlari


O’zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ga muvofiq davlat byudjeti daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi :

      1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar;

      2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

      3. Qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;

      4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

      5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar;

      6. Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar.

Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag’ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi :

  1. Byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;

  2. Joriy byudjet transfertlari shaklida;

  3. Kapital xarajatlar shaklida:

  • asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va hizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

  • chet elda davlat extiyojlari uchun er va boshqa mol - mulk olishga;

  • davlat extiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlar olishga;

  • davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;

  1. Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;

  2. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;

  3. Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;

  4. Davlat qarzini qaytarish va unga hizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;

  5. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

Davlat byudjeti pul mablag’lari harakati va hisobi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi.
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika byudjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir. Byudjet ssudasi byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladi.
Davlat byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va ho’jalik birlashmalarining bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishidagi qurilish ob’yektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan byudjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Byudjet ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha aylanma kassa mablag’lari qoldig’i shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida respublika byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir.
Byudjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari byudjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi. Byudjet tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi.
Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar yuzaga keladi. Byudjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni shakllanishi manbaalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi. Byudjet g’azna ijrosi hisobini tashkil etish moliya organlari va byudjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi. Byudjet g’azna ijrosi hisobining uslubiy asoslarini byudjet g’azna ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy hujjatlar tashkil etadi.


Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə