Mavzu: “Byudjet hisobi” fanininga kirish. Faning



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#137070
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu

BYUDJET G’AZNA IJROSI HISOBI
Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobini yuritilishini uch yunalishga ajratish mumkin, ya’ni (1.3.1-rasm).

1.3.1-rasma. Byudjet hisobini yuritilishi chizmasi.


  1. Respublika va mahalliy byudjetlar ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi;

  2. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul jamg’armasi va boshqalar) va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi;

  3. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha -byudjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi.

Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida byudjet hisobi yuritilib, Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida respublika va mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida yuritiladi. Respublika byudjeti daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mahalliy byudjetlar ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida davlat byudjeti ijrosi hisobi yuritilmoqda va tasdiqlangan buxgalteriya schyotlarida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakati bo’yicha ma’lumotlar shakllantirilib belgilangan tartibda byudjetning kassa ijrosi bo’yicha hisobotlar tuzilmoqda.
Davlat maqsadli jamg’armalarida jamg’armalar byudjeti daromadlari shakllanishi, xarajatlarini amalga oshirish, hisoblashuvlar hisobi, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda.
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi yuritilmoqda. Byudjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya axborotlari shakllantirilib buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda.



    1. Yüklə 109,66 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə