Jismoniy va estetik tarbiya



Yüklə 25,65 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü25,65 Kb.
#111347
JISMONIY VA ESTETIK TARBIYA


JISMONIY VA ESTETIK TARBIYA
Jismoniy tarbiya vositaiari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari xilma-xil bo‘lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jasmoniy mashqlar.
Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sogliqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish, hayotiy sharoitlaming o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Gigienik shart-sharoitlar. Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik shart-sharoitlar - uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigiyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv tizimining buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo‘zg‘aluvchan bolalarning aksariyati yomon uxlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kiyim har doim bolani o‘rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi kerak. U yengil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaxshi o'tkazadigan bo'lishi, oson yuviladigan, yaxshi ho‘llanadigan, namni shimadigan, elastik va badanni bezovta qilmaydigan bo'lishi lozim.
Bolalaming ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyalda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil qiladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillik, madaniy-gigienik, stol atrofida o'zini to'g'ri tutib o'tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo'lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir.
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan bog'liqlikda maxsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan harakatlar yig'indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarni tasnif etishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud bo'lib, ko'proq umumlashgan tasnif o'zida gimnastika, o'yin, sayr kabilarni qamrab oladi.
Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki uning alohida tizim va funksiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Gimnastikaning asosiy, gigiyenik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud.
O‘yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining qattiqligini, qaddi-qomatining tikligini, ishonchli ko‘zlarni rivojlantirishga xizmat qilib, unda o'tkir zehn, topqirlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lib, bolalarda g‘amxo‘rlik, o‘z jamoasi uchun qayg‘urish, birgalikdagi harakatlanishdan quvonish, do‘stlik va o‘rtoqlik hissini kuchaytiradi.
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o'tkazilishi mumkin. Sayr bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lib, ularning sog‘ligi va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Estetik tarbiya - o’quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo'lgan inson shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo'lgan inson shaxsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi: o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo'lgan axloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go'zallikni ko'ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko'nikmalarini shakllantirish.
Estetik tarbiyaning vazifalari:
1) o’quvchilarni san’atdagi, atrofimizdagi go'zallikni his qila olishga o'rgatish;
2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish;
3) estetik didni, go'zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.
Yüklə 25,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə