Mavzu: “Byudjet hisobi” fanininga kirish. Faning



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#137070
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu


1.1.2-rasm. Byudjet g’azna ijrosi hisobining uslubiy asoslarini byudjet g’azna ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy hujjatlar.


Davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet ijrosi hisobi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi:

  • davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga uslubiy rahbarlik qiladi;

  • byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqadi;

  • respublika byudjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi.



    1. Byudjet hisobini tashkil etishning xususiyatlari.


Byudjet g`azna ijrosi hisobini yuritishni alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat:
byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi; byudjet g’azna ijrosini nazorat qilinishi;
harajatlar smetasi g’azna ijrosini nazorat qilinishi; hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;
byudjet tashkilotlarida soha xususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar.
O`zbekiston Respublikasida davlat budjeti ijrosi hisobini amalga oshirishda asosan kassa usulidan foydalaniladi. Ushbu jarayon Davlat sektori buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga (IPSAS) o`tilgan davlatlarda daromadlar va xarajatlar aralash usullar yordamida hisobga olinadi2.
Davlat sektori muassasalarida moliyaviy axborotlarni to`plashning uchta asosiy tamoyili mavjud. Jumladan:
kassa usuli; hisoblash usuli; ishonch (kelishuv).
Byudjet ijrosi hisobini alohida xususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni, tasdiqlangan byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga rioya qilish va boshqalar. Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib byudjet hisobi funksiyasini quyidagicha aks ettirish mumkin (1.2.1-rasm).

2 Adams, R.A. “Public sector accounting and finance made Simple” 3rd Edition 2004 year.






Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə