Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Tayanch tushunchalar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/12
tarix19.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#153432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Didaktika- ma ruza









Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi. Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan,deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy
«hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi. Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan.Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan
Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan. Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish
tamoyillari,metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O’qitish jarayoni pedagogning o’rgatuvchilik faoliyatini va o’quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o’z ichigaoladi. Shu o’rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o’qituvchining boshqaruvchilik roli o’z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib,
ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik
hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo’lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo’yadi. Bularning barchasi o’qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o’z aksini topmog’i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilariga qo’lga kiritilgan bilimlarni o’rgatadi. O’quv faoliyatida ularni ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o’quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?” “qanday o‘qitish?” “qayerda o‘qitish” kabi savollarga javob izlaydi. Didaktikaning ob’yekti – o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan ta’lim berishdir.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə