Digital marketing



Yüklə 247,75 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü247,75 Kb.
#151581
B.Barchinoy (1)

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 204-guruh talabasi Bekturdiyeva Barchinoyning “Oʻzbek adabiyoti tarixi” fanidan mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti.

Mavzu: Abdurahmon Jomiy "Bahoriston" asari tahlili


Reja:
1.Abdurahmon Jomiy hayot yo'liga bir nazar.
2.Abdurahmon Jomiy "Bahoriston"asari .
3."Bahoriston" asari boblar tahlili.

Bahoriston (بهارستان‎; „bahor mamlakati“ yoki „bahor bogʻi“ degan maʼnoni anglatadi) — Abdurahmon Jomiy tomonidan yozilgan axloqiy tarbiyaviy kitob. Unda hikoyalar, ertaklar, axloqiy nasihatlar, asosan, nasrda, shuningdek nazmda ham mavjud. “Bahoriston” sakkiz bob, muqaddima va xulosadan iborat. Uning har bir bobi روضة „ravzat“ (arabchada jannat) deb ataladi.


Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (7-noyabr 1414-yil, Jom — 9-noyabr 1492-yil, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi „Dilkash“ (Navoiy maʼlumotiga koʻra, „Nizomiya“) madrasasiga kirib, oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlida tahsil olgan.
Shu davrdayoq u arab tilini mukammal oʻrgana boshlagan. Keyinroq Jomiy oʻz bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulugʻbek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays qabilardan taʼlim oladi. Bu yillarda u til va adabiyotnigina emas, riyoziyot, falakiyot, falsafa, huquqshunoslik fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur oʻrganadi, olimlarning turli mavzulardagi munozara va mubohasalarida qatnashib, yetuk olimligi bilan tanila boshlaydi.
Jomiy Hirotga qaytgach, tasavvuf yoʻliga kirishni, oʻz bilim va faoliyatini shu yoʻlga, qolaversa, ijodga, ilm-fanga bagʻishlashni afzal koʻradi. U oʻziga pir qilib Shayx Saʼdiddin Koshgʻariy tanlaydi, Hirotning jome masjidida uning suhbatlarini tinglaydi. Saʼdiddin Koshgʻariy tasavvufda Muhammad Naqshband sulukiga mansub edi. Jomiy mashhur sufiylar bilan yaqindan muloqotda boʻladi.
Abdurahmon Jomiy "Bahoriston asarini Sadiy Sheroziyning "Gülistan" asari tasirida yozilgan bodur asar.Jomiy bu kitobni 1487-yilda yozgan. Jomiy “Bahoriston”ning muqaddimasida bu kitobni Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari uslubida oʻsha paytda oʻn yoshga toʻlgan oʻgʻli Ziyouddin Yusufga bagʻishlab yozganligini ta’kidlagan.
"Bahoriston"da tasavvuf va unga oid materiallar mavjud. Kitob 469 misrali she’r; 16 ta misrasi arab tilida, qolganlari fors tilida bitilgan. Bahoriston matnlarida sajʼ mavjud boʻlib, turi qofiyali nasr, ya’ni ritmik (vazn) yoʻsindadir. Bahoristondagi har bir bob ma’lum bir mavzuga bagʻishlangan; masalan, yettinchi bobda ayrim shoirlarning hayoti va tarjimayi holi haqida soʻz boradi.
"Bahoriston"da tasavvuf va unga oid materiallar mavjud. Kitob 469 misrali she’r; ushbu she'rlarning 16 ta misrasi arab tilida, qolganlari 453 misrasini fors tilida bitilgan. Bahoriston matnlarida sajʼ mavjud boʻlib, turi qofiyali nasr, ya’ni ritmik (vazn) yoʻsindadir. Bahoristondagi har bir bob ma’lum bir mavzuga bagʻishlangan; masalan, yettinchi bobda ayrim shoirlarning hayoti va tarjimayi holi haqida soʻz boradi.
Asarning tuzilishi quyidagichadir:
•Donishmandlar toʻgʻrisida;
•Hakimlarning hikmati sharhi;
•Sultonlar haqida hikoyalar;
•Judu karam vasfi haqida;
•Ishq muhabbat bayoni haqida;
•Mutoibalar toʻgʻrisida;
•Shoirlar ziki, sheʼr taʼrifi, uning turlari haqida;
•Tamsil hikoyalar haqida.

Qooniyning „Parishon“, Tamkinning „Muliston“ va shunga oʻxshash asarlarda „Bahoriston“ning ta’siri katta. Serbiyaning fors tilidagi soʻfiy shoiri Favziy (XVII asr) “Bulbuliston” asarini aynan “Bahoriston” uslubida yozgan. “Bahoriston” lotin (1778), nemis (1935, 1964 va 1981), chex (1957), ozarbayjon (1964), rus (1964) tillariga tarjima va nashr etilgan. “Bahoriston” Tojikistonda 1966- va 2008-yillarda nashr etilgan.

  • Qooniyning „Parishon“, Tamkinning „Muliston“ va shunga oʻxshash asarlarda „Bahoriston“ning ta’siri katta. Serbiyaning fors tilidagi soʻfiy shoiri Favziy (XVII asr) “Bulbuliston” asarini aynan “Bahoriston” uslubida yozgan. “Bahoriston” lotin (1778), nemis (1935, 1964 va 1981), chex (1957), ozarbayjon (1964), rus (1964) tillariga tarjima va nashr etilgan. “Bahoriston” Tojikistonda 1966- va 2008-yillarda nashr etilgan.

Foydalangan adabiyotlar:

  • 1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bahoriston_(kitob)
  • 2.https://images.app.goo.gl/PCJEzjugBpdgkvXx8

E'tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 247,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə