Доимий ишловчи gnss станцияларга боғланиб ҳамда gps приёмниклари ёрдамида топографик съёмка ишларини бажариш тахеометрик йўлларни қуриш ва давлат геодезия тармоғи пунктларига боғлаш усуллари



Yüklə 7,02 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü7,02 Kb.
#156272
SUNIY YO‘LDOSH ALOQA TIZIMI


Xalqaro Nordik Universiteti
1-Mus 23-guruh talabasi
Saydumarova Rushananing taqdimoti
MAVZU: SUNIY YO‘LDOSH ALOQA TIZIMI

Sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari haqida umumiy tushuncha


GPS (Global Positioning System) tizimi 3 ta segmentdan iborat:
- kosmik segment (sun’iy yo‘ldosh apparatlari)
  • boshqaruv segmenti (Er sharining turli nuqtalarida joylashgan boshqaruv punktlari, asosiysi AQSHning Kolorado shtatida joylashgan nazorat-boshqaruv punkti)
  • foydalanuvchilardan iborat.

  • Tizim er sathidan 20 200 km balandlikdagi 32 ta sun’iy yo‘ldosh kosmik apparatlaridan iborat. SHundan 24 tasi 6 ta orbita bo‘ylab doimiy harakatda bo‘lib, qolgan 8 tasi zahira apparatlari hisoblanadi.
    Ularning tarixi 1973 yilga borib taqaladi. AQSH harbiy havo kuchlari tomonidan harbiy maqsadlar uchun ushbu tizimni yaratish ishlari amalga oshirilgan.
    1983 yilga kelib sun’iy yo‘ldosh tizimlari fuqarolarning foydalanishi uchun ochilgan.

Sun’iy yo‘ldosh qurilmalari va asbob-uskunalari

DOIMIY FAOLIYAT KO‘RSATADIGAN GNSS STANSIYALAR


Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh tayanch stansiyasi - bu sun’iy yo‘ldosh (GNSS) navigatsiyasi va geodeziya o‘lchovlari yordamida olingan ma’lumotlarni tuzatish uchun ma’lumot berish orqali o‘lchovlarning bajarilishini ta’minlash va ob’ektlarning fazoviy joylashuvini aniqlash uchun mo‘ljallangan apparat -dasturiy kompleks.
Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh stansiyasi bilan bog‘lanib ishlash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
  • Bir xil boshlang‘ich nuqtalarga nisbatan o‘lchovlarni amalga oshirish;
  • O‘lchovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish;
  • Qo‘shimcha GPS uskunalarini xarid qilishni, transport xarajatlarini qisqartirishni ta’minlaydi.

DOIMIY FAOLIYAT KO‘RSATUVCHI GNSS STANSIYALARINING JOYLASHUVI

O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan doimiy ishlovchi tayanch stansiyalari

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 50 ta doimiy ishlovchi tayanch stansiyalari barpo etilgan bo‘lib, Respublika hududining turli nuqtalarida joylashgan va ular Respublika aerogeodeziya markazida joylashgan boshqaruv stansiyasiga bog‘langan.
  • Boshqaruv stansiyasidan turib Respublikaning barcha hududlaridagi doimiy ishlovchi stansiyalarni ish holatini nazorat qilish, foydalanuvchilarni ular bilan bog‘lanishga ruxsat berish, ma’lumotlar olish va taqdim qilishni amalga oshirish mumkin.
  • Kelajakda ularning sonini 130 taga etkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan GNSS stansiyalari sxemasi

GNSS stansiyalarining umumiy ko‘rinishi

GNSS STANSIYALARGA BOG‘LANGAN HOLDA GPS PRIYOMNIKLARI YORDAMIDA TOPOGRAFIYA-GEODEZIYA ISHLARINI BAJARISH

  • Doimiy ishlovchi GNSS stansiyalariga bog‘langan holda bir qancha geodeziya va topografiya ishlarini amalga oshirish mumkin. Jumladan, tayanch nuqtalarini barpo etish, topografik tasvirga olish va muhandislik qidiruv ishlari va boshqalar.
  • Boshqaruv markazidan turib doimiy ishlovchi stansiyalardan ma’lumotlarni olish, ularni tahlil qilish, aniqligiga baho berish mumkin.
  • Agar biz doimiy ishlovchi GPS stansiyalariga bog‘lanmasdan, ikki chastotali oddiy GPS asboblaridan foydalanadigan bo‘lsak, GPS asboblaridan birini koordinata va balandligi ma’lum bo‘lgan tayanch geodeziya punktiga (triangulyasiya, poligonometriya, s’yomka nuqtasi) o‘rnatishimiz lozim bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan ortiqcha sarf xarajatlarni keltirib chiqaradi.

GNSS o‘lchovlarida foydalaniladigan statika va RTK rejimlari to‘g‘risida ma’lumot

  • GNSS foydalanib o‘lchovlarni amalga oshirishda asosan 2 ta o‘lchash usulidan foydalaniladi:
  • 1. Statika – ushbu usul asosan Davlat geodeziya tarmog‘i punktlarini barpo etishda, yuqori aniqlik talab qiluvchi geodezik ishlarda qo‘llaniladi. Statika usulida o‘lchov uzoq vaqt davom etganligi hisobiga ko‘p ma’lumot yig‘iladi va yuqori aniqlik ta’minlanadi.
  • 2. Kinematika (RTK) usuli yordamida yuqori aniqlik talab qilmaydigan geodezik ishlar, topografik s’yomkalarni bajarish mumkin. RTK usulida sun’iy yo‘ldosh qurilmalari o‘zaro real vaqtda radiomodem yoki mobil aloqa tizimi yordamida bog‘lanadi. Topografik s’yomkalarni va boshqa o‘lchovlarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beradi.

GNSS stansiyalarini boshqarish dasturi

  • GNSS stansiyalarini boshqarish dasturi GPS Spider - bu alohida stansiyalarni va tayanch stansiyalar tarmoqlarini kuzatish va boshqarish uchun o‘rnatilgan dasturiy ta’minot to‘plami.
  • GPS Spider uzluksiz yuqori aniqlikdagi RTK tarmoqlarining (Spider NET) markazlashtirilgan ma’lumotlarni tarqatish, boshqarish, yig‘ish va qayta ishlash uchun ilg‘or echimlarni o‘z ichiga olgan modulli, kengaytiriladigan tizimdir.

GNSS stansiyalarining Respublika hududi bo‘ylab joylashuvi


Yüklə 7,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə