Dtpi tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6mm-20- gurux talabasi Abduraxmonov Dostonning Budjet hisobi fanidan tayorlagan



Yüklə 66,73 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü66,73 Kb.
#150785
  1   2   3   4
Budjet hisobi 1 dos

DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6mm-20- gurux talabasi MUSURMONOV OZODBEKning Budjet hisobi fanidan tayorlagan

MUSTAQIL ISHI

MAVZU:Budjet hisobi faniga kirish. Fanning mazmuni, peredmeti va usullari

  • REJA:
  • 1. Fanga kirish
  • 2. Fanning mazmuni va peredmeti.
  • 3. Fanning usullari

“Byudjet hisobi” fanining asosiy maqsadi – talabalarda moliya organlari, g‘aznachilik va xududiy bo‘linmalarida Davlat byudjetining kassa ijrosi hisobi hamda byudjet tashkilotlarida smetalar ijrosi hisobi bo‘yicha nazariy - amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga byudjet hisobi fanining predmeti, metodi va uslubiy asoslari, moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari, G’azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi hisobi, byudjet ssudalari va byudjetlar o’rtasida sodir bo’ladigan hisoblashishlar hisobi, byudjet ijrosi natijalari hisobi va hisobotlari, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning nazariy-uslubiy asoslari, byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, tovar moddiy zahiralar hisobi, byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi, xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi, byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi, byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarining tarkibi va ularni shakllantirish haqida nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.

1.Byudjet hisobining predmeti va metodi. Byudjet hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Byudjet hisobi bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir. Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Byudjet hisobi Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.


Yüklə 66,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə