Dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha korxona (tashkilot) va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma №



Yüklə 19,5 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü19,5 Kb.
#166745
  1   2
Karimova Madina Дуал таълим шартнома ТМ ва ташкилот


Dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha korxona (tashkilot) va
ta’lim muassasasi o‘rtasidagi
SHARTNOMA №_______

Baxmal tumani “_____” _________ 2023-yil


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli qarori ilovasida keltirilgan “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida, dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan professional ta’lim muassasasi –keyingi o‘rinlarda “Ta’lim muassasasi” deb nomlanuvchi Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi direktori Pardaboyev Siroj Jo‘raboyevich bir tomondan, ikkinchi tomondan dual ta’lim bo‘yicha Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlaydigan Korxona (tashkilot) – keyingi o‘rinlarda “Korxona” deb nomlanuvchi TOSHKENT VILOYATI ZANGIOTA TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 35-SONLI MAKTABning rahbari Muqimova Latofat Tavakalovna, talaba Karimova Madina Sobirjon qizi dual ta’limni tashkil etishda, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb nomlanuvchi mazkur shartnomani tuzdilar.




1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1 __________________­­­­­­­_________________________ kasb (mutaxassislik) bo‘yicha dual ta’lim asosida malakali kadrlar tayyorlashni hamkorlikda amalga oshirish majburiyatini oladilar.


1.2 O‘quvchilar mehnat faoliyati ishtirokchisiga aylantirish orqali ta’lim dasturining nazariy, o‘quv-amaliy qismi professional ta’lim muassasasida, malaka hamda kompetensiyalarni shakllantirishni ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini korxona (tashkilot)da tashkil etish.


2. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

2.1 Korxona:


- ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda dual ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- dual ta’limning o‘qitish muddatlarini hamda korxona (tashkilot)ga yuborayotgan o‘quvchilar tarkibini ta’lim muassasasi bilan kelishadi;
- Dual ta’lim olish bo‘yicha o‘quvchilar bilan shartnomalar tuzadi va ta’lim muassasasi bilan kelishilgan muddatlarda o‘quvchilarni qabul qiladi;
- Har bir o‘quvchi(lar)ga dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini o‘rgatish uchun yuqori malakali mutaxassis ustoz (usta) biriktiradi;
- O‘quvchilarga dual ta’lim jarayonida korxona (tashkilot)dagi mehnat faoliyati uchun qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi to‘laydi;
- Korxona (tashkilot)da dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini amalga oshirilishini ta’minlaydi va yetarli shart-sharoitlarni yaratadi;
- Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlariga muvofiq o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan o‘quv modullari asosida kasb (mutaxassislik) bo‘yicha o‘qitish natijalari (kompetensiyalar)ni baholash jarayonini tashkil etish;
- O‘quvchining kasb (mutaxassislik)lari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi;
- Ta’lim muassasasi bilan birgalikda o‘qitishning dual tizimida ta’lim berilganligi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi.
2.2 Ta’lim muassasasi:
- Korxona (tashkilot) bilan birgalikda kasb (mutaxassislik)lari bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturlari asosida dual ta’lim bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- Korxona (tashkilot) bilan dual ta’lim berish bo‘yicha o‘qitish muddatlari hamda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
- Dual ta’limni tashkil etish o‘quvchilarni korxona (tashkilot)ga yuborish, har bir o‘quvchilar guruhiga ishlab chiqarish ta’limi ustasi yoki o‘qituvchini biriktirish bo‘yicha buyruqni rasmiylashtirish;
- Dual ta’lim dasturini amalga oshirilishini ta’milaydi;
- O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatini nazorat qiladi va ular tomonidan belgilangan tartibda ta’lim jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi;
- O‘quvchi kundaligi yuritilishining nazoratini olib boradi;
- Korxona (tashkilot) bilan hamkorlikda o‘quvchilarning baholash jarayonini va yakuniy davlat attestatsiyasini belgilangan tartibda tashkil etadi;
- Korxona (tashkilot) bilan kelishilgan holda dual ta’lim natijalari yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.



Yüklə 19,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə