Tuychiyeva (sofiyeva) zulfizarxon sobirjon qizi mavzu



Yüklə 148,2 Kb.
səhifə1/7
tarix07.10.2023
ölçüsü148,2 Kb.
#125904
  1   2   3   4   5   6   7
SOFIYEVA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA


MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

BОSHLАNG‘ICH TА’LIM MЕTОDIKАSI KАFЕDRАSI


Qo‘lyozma huquqida


TUYCHIYEVA (SOFIYEVA) ZULFIZARXON
SOBIRJON qizi


MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISH DAVOMDA
O‘QUVCHILARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISH

5111700 – Boshlang‘ich ta’lim, sport va tarbiyaviy ish


ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan



bitiruv malakaviy
ishi


Ish rahbari: T. G‘aniyev


ANDIJON - 2023
MUNDARIJA

Kirish...................................................................................................................... 3




I BOB. ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILAR BILISH
FAOLLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK –PSIXOLOGIK
VA METODIK ASOSLARI .................................. .................................. ..............7
I.1. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilish faolligini oshirish masalasining pedagogik-psixologik asoslari va metodik adabiyotlarda yoritilishi......................................8
1.2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishda bilish faolligini oshirishning dolzarbligi xususida ................................................................................................14
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISHDA O‘QUVCHILARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISH (“Ot” so‘z turkumi asosida) ...............................................................................................21
II.1. Ona tili darslarida otga doir tushunchalarni o‘rgatishning dolzarbligi va otni o‘rganish tizimi ........................................................................................................21
II.2. “Ot” mavzusini o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish ..................................27
II.3. “Ot” mavzusini o‘rgatishda grammatik mashqlar orqali o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish......................................................................................................44

II.4. O‘quvchining ot turkumi yuzasidan

bilish faolligini oshirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish ................................49


Xulosa………………………….………………………………….........................62


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………….…………………........................64


KIRISH


Har bir millatning «millat» deb tan olinishi uchun bir qancha omillar talab qilinadi. Ushbu omillardan biri shu millatning o‘z tiliga ega bo‘lishidir. Bizning yurtimiz ham Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiydek bobolarimiz sayqal berib, dunyo e’tiborini o‘ziga jalb etgan ona tilimiz – o‘zbek tilimizga ega.
Til – har bir millatning milliy boyligi. Millatning milliy an’analari, tarixi, qadriyatlari ana shu til orqali avloddan-avlodga o‘tib keladi. Ayni shu sababdan ta’limning barcha turlarida ona tili o‘qitilishi salmoqli o‘rin egallaydi. O‘z fikrini erkin bayon qilish, og‘zaki va yozma nutqda so‘z va iboralardan o‘rinli foydalana olish malakalari aynan ona tili darslarida shakllantiriladi. Boshqa fanlarga nisbatan ona tili darslarida o‘quvchi ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish yuzasidan amaliy ishlar olib borish imkoniyati ko‘proq, chunki ona tili darslarida ular mashqlar bilan ishlash, gap tuzish, gaplarni tahlil qilish, matn yaratish kabi ishlarini bevosita o‘zlari bajarishlari davomida o‘zlarining shaxsiy fikrlarini ham bayon qilishlariga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilarni to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatish, xalqimiz manfaatlariga zid qarashlarni bartaraf etish dars davomida o‘qituvchiga yuklatiladigan muhim vazifalardan biridir. O‘quvchiga bilim berish jarayonida ana shunday keng qamrovli vazifani bajara olish uchun o‘qituvchi darsni to‘g‘ri tashkil qila olishi kerak va bu vazifani bizga «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani o‘rgatadi.
Ona tili o‘qitish metodikasi o‘quvchilarni «...mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ularning lug‘at boyligini oshirish, o‘zgalar nutqini tinglay va anglay olish, fikrni aniq va ixcham ifodalash, so‘z tanlash va uni o‘rinli qo‘llash, og‘zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, fikrni ifodalashda shakl va mazmun uyg‘unligiga mantiqiy mukammallikka erishish, “talaba – ta’lim – o‘qituvchi" munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish – ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berishga xizmat qiladi.»1
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning barchasi inson hayotida muhim bo‘lib, ularni har bir o‘quvchi mukammal egallashi lozim va buning uchun o‘qituvchi ona tili o‘qitish metodikasini yaxshi bilishi talab etiladi.
Mustaqil fikrlovchi, ijodkor, yangiliklarga intiluvchi shaxslarni tarbiyalash uchun, nafaqat ona tili darslari, balki barcha fanlarni yangicha, zamonaviy usullardan foydalanib tashkil etish bugungi kun ta’lim sohasining muhim talabidir.
Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda ongli yashash tizimini vujudga keltiradi. Odamlar olomon bolib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli, o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari, maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi. Aynan shu xislatlar milliy xavfsizlikning mustahkamlanishiga olib keladi. Hayotga ziyrak ko‘z va yangicha fikrlar bilan qarovchi barkamol insonni shakllantirish, uning natijasi o‘laroq izlanuvchan, ijodkor, mustaqil fikrlovchi, yuksak ma’naviyatli, kelajakda yurtimizni eng rivojlangan mamlakatlar safiga olib kiruvchi mutaxassislar tayyorlash bugungi kun pedagoglarining muhim vazifasidir.Shuning uchun ta’lim - tarbiya jarayonida o‘quvchilarni ijodiy faolligini, izlanuvchanligini, e’tiqodini, qiziquvchanligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 148,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə