Tuychiyeva (sofiyeva) zulfizarxon sobirjon qizi mavzu



Yüklə 148,2 Kb.
səhifə3/7
tarix07.10.2023
ölçüsü148,2 Kb.
#125904
1   2   3   4   5   6   7
SOFIYEVA

BMI ob'ekti: umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinflari.
BMIning ilmiy yangiligi. Ishning ilmiy yangiligi va xarakterli xususiyati boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, tafakkurini o‘stirishning optimal variantlarini ko‘rsatish, no‘ananaviy dars usullarini tavsiya qilish, ot so‘z turkumi ustida ishlashdaOt” mavzusini o‘rgatish davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish faolligini oshirish jarayonini o‘z kuzatuvlarimiz asosida tahlil qilishdan iborat.
BMIning amaliy ahamiyati. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirish darsda turli ta'limiy vositalarni qo‘llash yo‘l –yo‘riqlarini belgilab berish.
BMIning mazmuni. Tadqiqotda ona tili darslari jarayonida o‘quvchilarning ot mavzusi yuzasidan tushunchalarini shakllantirishning pedagogik–psixologik asoslari aniqlandi. Ko‘rsatmalilik tarqatma vositalar va texnika vositalaridan foydalanish, no‘ananaviy dars – didaktik o‘yinlarni qo‘llashning ba'zi yo‘llari ko‘rsatildi.
BMI metodi. Tadqiqot davomida 1 – 4-sinflar ona tili darslarini kuzatish, suhbat, anketa, savol-javob va qiyoslash kabi tadqiqot shakl va metodlardan foydalanildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish maqsadida tajriba va kuzatishlar o‘tkazildi.
BMI kirish, ikki bob, 9 ta paragraf va xulosa qismlaridan iborat. Ish so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
I bob. Ona tili darslarida o‘quvchilar bilish faolligini oshirishning pedagogik –psixologik va metodik asoslari

Ta’lim dialektik tarzda rivojlanib boradigan ikki tomonlama jarayondir. Unda hamisha bir tomon va uning qarama-qarshisi bo‘lgan ikkinchi tomon ─ o‘qish va o‘qitish, eskilik va yangilik, yakka va umumiy narsalar mavjud.


O‘qituvchi va o‘quvchining ta’limni yuzaga keltiruvchi faoliyati ta’lim jarayoni bo‘lib, u ta’lim berish va ta’lim olishdan iborat.
O‘qituvchi va o‘quvchi bir-biriga mutlaqo zid rollarni ─ o‘qitish va o‘qish rollarini bajaradilar. Ta’lim berish o‘quvchilarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalar hosil qilish, yangi haqiqatlarni ocha olishga qodir bo‘lgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish qobiliyatlari, fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o‘quvchiga noma’lum bo‘lgan haqiqatlarni ochib beradigan faol ijodiy faoliyat jarayonidir.
Ta’lim jarayoni faqatgina bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikma va malakalar hosil qilish bilangina cheklanib qolmay, o‘quvchi shaxsini jamiyat fuqarosi sifatida har tomonlama shakllantirish bilan ham bog‘liq.
Ushbu bobda o‘quvchilarning bilish faoliyati, bilish faolligi va faollashtirish tushunchalarining mohiyatini chuqurroq tahlil qilish uchun, dastavval, pedagogik - psixologik adabiyotlarda ta’lim jarayonining yoritilishi haqida fikr yuritamiz.



Yüklə 148,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə