Ekonometrik modellashtirish asoslari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#134618
  1   2   3   4   5   6   7
Ekonometrik modellashtirish asoslari (1)





Ekonometrik modellashtirish asoslari 
Reja:

1.Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.


2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.
3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar.
4.Ekonometrik modellashtirish bosqichlari.



1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. 
Ekonometrikani o‘rganish iqtisodiyotga oid har qanday fanning asosiy mohiyatini elgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli bo‘lishini ta’minlaydi deyish mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning sababi hozirgi kunda amaliy
iqtisodiyotning ahamiyati uzluksiz ravishda ortib borishi hamda miqdoriy
hisoblash va iqtisodiy nazariyalar va gipotezalarni baholash har qachongidan ham ko‘proq zaruriyatga aylanib borishidadir. Nazariy iqtisodiyotga ko‘ra ikki
va undan ortiq o‘zgaruvchi orasida bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, amaliy iqtisodiyot
kundalik hayotiy vaziyatlarda bu bog‘liqlikning dalilini talab qiladi. Real
ko‘rsatgichlarni qo‘llab, iqtisodiy bog‘liqlikni hisoblash usullarini
o‘rgatuvchi fan ekonometrikadir.
So‘zma-so‘z ekonometrika iqtisodiyotda o‘lchashni anglatadi.
Mohiyatiga ko‘ra ekonometrka o‘zichiga iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil
qilishda ishlatiladigan barcha statistik va matematik texnikalarni qamrab
oladi. Iqtisodiy ma’lumotlardan bu statistik va matematik vositalari
yordamida foydalanishdan asosiy maqsad, muayyan iqtisodiy taklif va
modellarni isbotlash yoki rad etishga harakat qilishdir. Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqkan va shakllangan.
Ekonometrika fani o‘zining predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantiradi. Shu bilan birga Ekonometrikaning mazmuni,
uning tarkibi va qo‘llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan
doimo aloqada bo‘ladi.
1.Ekonometrikaning predmeti – bu iqtisodiy jarayonlar va
hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini miqdoriy ifodalanishni o‘rganish
hisoblanadi. Iqtisodchilar “Ekonometrika” atamasidan
Ushbu termin ikkita so‘z “Ekonomika” va “Metrika” larning
birlashishidan hosil bo‘lgan. Grek tilidan tarjima qilganda OIKONOMOS (ekonomist) – bu uy boshqaruvchisi, METRIKA (metrihe, metron) – o‘lchov
ma’nolarini bildiradi. Garchi o‘lchash ekonometrikaning muhim qismi bo‘lsada, quyidagi sitatalardan ko‘rish mumkinki, ekonometrikani qo‘llash sohasi yanada
kengroqdir: "Ekonometrika iqtisodiyotning roliga bo‘lgan ma’lum qarashlar
natijasidir, bunda iqtisodiy ma’lumotlarga matematik statistikani
qo‘llash orqali matematik iqtisodiyot bo‘yicha tuzilgan modellar va olingan miqdoriy natijalarni empirik qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi"

"...ekonometrika mantiqiy mushohada qilishning mos keluvchi metodlari


asosida kuzatuvlar va nazariyani parallel ishlab chiqishga asoslangan real
iqtisodiy hodisalarni miqdoriy tahlilqiladi".
"...ekonometrika ijtimoiy fan sifatida aniqlanashi mumkin, unda
iqtisodiy nazariyava matematikaning instrumentlari hamda statistik
xulosalar iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda qo‘llaniladi."
1 "...ekonometrika iqtisodiy qonunlarni empirik aniqlash bilan
shug‘ullanadi".
2 "Ekonometristning san’ati bo‘lib, u egalik qilgan ma’lumotlar bo‘yicha
eng yaxshisini qabul qilishga imkon beruvchi, bir vaqtning o‘zida yetarlicha
konkret va yetarlicha haqqoniy hisoblangan farazlar to‘plamini topishdan
iborat".
3 "Ekonometristlar ...iqtisodiyotning yomon imidjini (miqdoriy yoki
boshqa ko‘rinishda)" yo‘qotish harakatlariga ijobiy tomondan yordam beradi"
4 "Ekonometrik tadqiqotlar metodi mazmuni bo‘yicha iqtisodiy nazariya va
haqiqiy o‘lchovlarni statistik xulosalar nazariyasi va metodikasidan
foydalanib birlashtirishga yo‘naltirilgan"
5 Ekonometrikani aniqlash bo‘yicha yondashuvlar tahlili hamda
ekonometrika fanining holati ayrim masalalarni yechishga erishishda ushbu
fanning maqsadini shakllantiradi.

Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy ob’ektlarni
modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan
iborat.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə